| | |

Muhandislik

Dadamirzayev Muhammadjon G’ulomqodirovich

Qabul vaqti: haftaning dushanba kuni 14:00-17:00.

Telefon: +998 69 234 17 98

E-mail: dadamirzaev70@mail.ru






Nishanоv Bоtirjоn Muhammadjanоvich

Qabul vaqti: haftaning seshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 94 500-40-49

E-mail: b_nishanov@umail.uz





Qirg’izov Xusniddin Turg’unboyevich

Qabul vaqti: haftaning payshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 (69) 234 17 98

E-mail: husniddin1966@mail.ru





Ibragimov Doniyor Xoshimjonovich

Qabul vaqti: haftaning juma kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 93 914-96-93

E-mail: doniyor211185@umail.uz





Nabiyev Bekzod Muhammadumarovich

Qabul vaqti: haftaning shanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 97 254-38-98

E-mail: begaka8616@umail.uz





Abdulxafizov Bunyod Xakimjonovich

Qabul vaqti: haftaning chorshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 97 230-80-85

E-mail: buni2017@umail.uz





Fakultet haqida

Namangan muhandislik-pedagogika instituti muhandislik fakultetida turli sohalar Menejment (ishlab chiqarish), Fizika, Mashinasozlik texnologiyasi jihozlash va avtomatlashtirish, Informatika va AT, Texnik tizimlada Axborot texnologiyalari va “Texnologik mashinalar va jihozlar” bo`yicha mutaxassislar tayyorlab kelmoqda.
Texnologiya fakultetida 1991 yildan boshlab hozirgi kungacha jamiyatimizga 10 mingdan ortiq yuqori malakali kadrlar yetkazib berildi. Hozirda fakultetda mutaxassislik kafedralardan Informatika va AT, 5230200-Menejment (ishlab chiqarish), 5320300-Texnologik mashinalar va jihozlar, 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi jihozlash, avtomatlashtirish kafedralari, nomutaxassis bo`lgan kafedralardan “Fizika”, va “Texnik tizimlarda Axborotlar texnologiyasi” kafedralari faoliyat ko`rsatib kelmoqda.

Fakultetda 70 dan ziyod yuqori malakali professor-o`qituvchilar, ya`ni 2 nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi, 17 nafar katta o`qituvchi, 25 nafar o’qituvchi va shu bilan birgalikda 10 nafar texnik xodimlar faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar. Yangi pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, talabalarni yuqori saviyada ta`lim olishlari uchun fakultetda 11 ta kompyuter sinflari, 8 videoproektorlar, hamda o`quv laboratorya jihozlari bilan ta`minlangan.



“Menejment” kafedrasi mudiri

Dadaboyev To’lqinjon Yusupjonovich iqtisod fanlari nomzodi, dоtsent

Kafedrada 10 nafar professor-o`qituvchi faoliyat olib bormoqda, shundan 3 nafari fan nomzodi dotsent, 3 nafari katta o`qituvchi, 3 nafari o’qituvchilardan iborat.






"Mashinasozlik texnologiyasi jihozlash va avtomatlashtirishr” kafedrasi mudiri

Imomqulov Qutbiddin

Mashinasozlik texnologiyasi mutaxasisligiga 1980-1981 o’quv yilidan boshlab talabalar birinchi bor qabul qilingan. Hozirgi davrda kafedra kabinet-labarotoriyalari zamonaviy sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar, sanoat robotlari va EXT bilan jihozlangan. Kafedrada o’tiladigan fanlar bo’yicha mahsuslashtirilgan xonalar mavjud bo’lib, ular yetarli darajada ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnik vositalari, asbob va uskunalar bilan jihozlangan. Kafedradagi fan doktorlari soni: yo’q, fan nomzodlari soni: 6. Ilmiy salohiyat: 43 %. Kafedra professor-o’qituvchilarinig o’rtacha yoshi: 46.



"Texnik tizimlada Axborotlar texnologiyasi" kafedrasi mudiri

........

Kafedra 1984-yilda hisoblash texnikasi nomi bilan tashkil etilgan va 2011 yildan boshlab Informatika va kompyuter texnikasi nomi bilan atalgan. 2013 yil dekabr oyida kafedra Informatika va axborot tehnologiyalari deb nomlandi. Kafedrada barcha bakalavr ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun Informatika, axborot texnologiyalari, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan mashg’ulotlar olib borilgan.Kafedrada 10 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 2 nafari fan nomzodlari-dotsentlardir. Kafedra o’qituvchilari muntazam ravishda o’z kasbiy salohiyatlarini oshirib kelishmoqda.



"Texnologik mashinalar va jihozlar" kafedrasi mudiri

.....

Kafedra 1999 yil 1-sentyabrda “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi bazasida tashkil topgan. Professor-o’qituvchilar soni 11 nafar bo’lib, shulardan, 4 nafari fan nomzodlari va 5 nafari o’qituvchilarni tashkil qiladi.






"Infоrmatika va axbоrоt texnоlоgiyalari" kafedrasi mudiri

Jakbarоv Оdiljоn texnika fanlari nоmzоdi, dоtsent

Hоzirgi kunda kafedraning prоfessоr-o`qituvchilar sоni 13 nafardan ibоrat bo`lib, shulardan 5 nafari fan nоmzоdlari dоtsentlar, 8 nafari malakali o`qituvchilardir..






"Fizika" kafedrasi mudiri

Jakbarоv Оdiljоn texnika fanlari nоmzоdi, dоtsent

Kafedrada prоfessоr-o`qituvchilar sоni 10 nafar bo`lib, ulardan 1 nafari fizika-matematika fanlari doktori professor, 2 nafar fan nomzodi va 7 nafar malakali o`qituvchilar talabalarga bilim berib kelishmоqda.





Fakultetning iqtidorli talabalarini erishgan yutuqlari

Fakultetda bir qancha iqtidorli talabalar bo’lib ular quyidagilardir 12-TMJ-13 gurux talabasi Xakimov O’tkirjon Komiljon o’g’li “Kombat aikido” O’zbekiston chempioni, 12-TMJ-13 gurux talabasi Yo’ldashev Baxtiyor Abdulla o’g’li “Kombat aikido” O’zbekiston chempioni, 12-TMJ-12 gurux talabasi Buruxoniddinov Shoxrux “O’zbek jang san`ati” bo’yicha O’zbekiston chempioni, 34-MT-14 gurux talabasi Karate bo’yicha sovrindor, 13-TMJ-12 Pattayev Xojiakbar Shokir o’g’li 2012 yil YoIH BT markaziy kengashi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” nomli Respublika Yoshlar festivalida “Eng yaxshi xuquq targ’ibotchisi” nominatsiyasi g’olibi bo`lgan va diplom bilan taqdirlandi. 2014 yil O’zbekiston Oliy majlisi xuzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqorolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoati fondi tomonidan 2014 yilda e`lon qilingan grant tanlovida ishtirok etib yoshlar o`rtasida turli zararli illatlarni oldini olishga qaratilgan “Sog’lom bola millat tayanchi” loyihasi bilan ishtirok etib g’olib bo’ldi va 14 000 000 mln so’m davlat granti ajratildi.

 MUHANDISLIK FAKUL’TETIDAGI TA’LIM YO’NALISHLAR

Texnologiya fakultetida bugungi kunda 4 ta ta’lim yo’nalishi va bitta magistratura mutaxassisligi bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

  •  5320300 – Texnologik mashinalar va  jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish).
  •  5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish.
  •  5230200 –Menejment (ishlab chiqarish).

 5320300 – Texnologik mashinalar va  jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish)  ta’lim yo’nalishi Kasbiy faoliyatining tasnifi

5320300–Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish) –modda va energiyaning turli shakllarida sodir bo’luvchi mashina va jihozlarni yaratish, ishlab chiqarish hamda texnologik mashinalar va jihozlardan foydalanish, ularga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning samarali jarayonlarini ta’minlashga yo’naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
    Kasbiy faoliyat turlari. 5320300–Texnologik mashinalar va jihozlar (mashinasozlik va metallga ishlov berish) yo’nalishi bo’yicha bakalavr fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka mos keluvchi quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin:


    Ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati:

-o’tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari mavzusi bo’yicha modellar, algoritmlar, metodlar, dasturiy yechimlar, instrumental vositalarni tadqiqot qilish va ishlab chiqish;

- namunaviy metodikalar va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berish; ilmiy-texnikaviy hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish; o’tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha ilmiy obzorlarni ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalarni tuzish; ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferentsiyalar ishida ishtirok etish;

Loyihaviy-konstruktorlik faoliyat:

– texnologik mashinalar va jihozlarning qismlari va detallari va yig’ma birliklarining loyihasini ishlab chiqish; bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo’yicha matematik, informatsion va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiqot qilish;

 

 

 


Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari. 

Bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin turdosh ta’lim yo’nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo’yicha ta’limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkin.

 

5320200-MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI, MASHINASOZLIK ISHLAB CHIQARISHINI JIHOZLASH VA AVTOMATLASHTIRISH TA’LIM YO’NALISHI

Kasbiy faoliyatining tasnifi

Yo’nalishning kasb va texnika sohasidagi o’rni. 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo’nalishi-fan va texnika soxasidagi yo’nalishi bo’lib, o’z ichiga mashinasozlik sanoati ashyolarini tayyorlashdagi inson faoliyati vositalari, usullari yo’sinlari va yo’llari majmuini oladi.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari samarali ishlab chiqarish jarayonlari  va mashinasozlik sanoati texnologiyasining asoslari, yuqori unumli texnologik jihozlar, ularni sozlash usullari, yo’sinlari, yo’llari  majmuini oladi.

Kasbiy faoliyat turlari bo’yicha bakalavr fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka mos keluvchi quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajarish mumkin:-ishlab chiqarish-texnologik: tsex bo’limidagi  texnolog ishida, namunaviy texnologik jarayonlarni, SDB uchun texnologik uskunalar, hisob - texnologik kartalari, boshqarish dasturini ishlab chiqish va ularni qo’llash hamda boshqa ishlarda ishlash;

-loyiha - konstruktorlik sohasida: texnologik standart va nostandart jihozlarning uzel va detallarini, ishlov berish va o’lchash asboblarining namunaviy uskunalari va boshqalarni loyihalash;

-eksperimental-tadqiqot sohasida: namunaviy metodika va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlar o’tkazish va natijalariga ishlov berish.

Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari bo’yicha bakalavr quyidagi kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin:

- ishlab chiqarish-boshqarish sohasida: mashinasozlik sanoat korxonalarida usta, katta usta, muhandis, korxona boshlig’i;

- montaj-sozlash ishlarida: tsex bo’limlari va boshqa joylarda texnologik hamda nostandart jihozlarni montaj qilish, sozlash bo’yicha ishlarni rejalashtirish hamda bajarish;

-foydalanish va servis xizmat ko’rsatishda: tsex bo’limlarida namunaviy texnologik va nostandart jihozlardan foydalanishni, ta’mirlashni , texnikaviy xizmat ko’rsatishni va boshqalarni tashkil etish;

-ilmiy - tekshirish: ilmiy tadqiqot va eksperimental - loyiha institutlarida hamda ilmiy - tadqiqot laboratoriyalarida ishlash;

-ta’lim sohasida: qo’shimcha psixologik - pedagogik tayyorgarlikdan o’tgach kasb-hunar kollejlarida maxsus fanlardan dars mashg’ulotlarini olib borish.

5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish  yo’nalishi bakalavri quyidagi mutaxassisliklar hamda ta’limning vakolatli organi tomonidan aniqlanadigan turdosh yo’nalishlar mutaxassisliklari bo’yicha ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada ta’limni davom ettirishi mumkin:



5230200 –“MENEJMENT” (ISHLAB CHIQARISH) TA’LIM YO’NALISHI

Kasbiy faoliyatining tasnifi

5230200 – Menejment (ishlab chiqarish) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr kasb faoliyatining ob’ektlariga – davlat boshqaruv organlari, aktsionerlik jamiyatlarini, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarini, loyixa-konstruktorlik tashkilotlarini, xususiy  korxonalarni boshqarish kiradi.

Kasbiy faoliyat turlari

5230200 – Menejment (ishlab chiqarish) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr o’zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga mos keluvchi kasbiy faoliyatning quyidagi: 
-    tashkiliy  – boshqaruv soxasida:  mulkchilikni turli shaklidagi korxonalarda ishlab chiqarishni  boshqarish; 

-    ishlab chiqarish boshqaruvi soxasida; turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida buxgalter, iqtisodchi, marketolog, moliyachi lavozimlarida ishlaydi, biznes va  tadbirkorkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi; 

-    loyiha-analitik sohasida: ishlab chiqarishni tayyorlash yoki eksprimental tsexlarda iqtisodchi (ishlab chiqarish loyixalanayotgan maxsulotlarni texnik-iqtisodiy hisob kitoblarini amalga oshirish,  texnologik standart va nostandart jihoz, qurilma va uskunalarni loyihalash bo’yicha loyiha xujjatlarini rasmiylashtirish va xokazo), ishlab chiqarish, tijorat, vositachilik korxona  va firmalarini xo’jalik faoliyatini taxlil qilish, ishlab chiharish va marketing xizmati samaradorligini oshirishni omillarini aniqlash va x.k;

-    investitsiya: iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiya loyixalarini ishlab chiqish;

-    rejali-iqtisodiy: turli mulkchilik shaklidagi korxonalarning biznes rejalarini ishlab chiqish;

Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari

5230200 – Menejment (ishlab chiqarish) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr o’zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga mos keluvchi kasbiy faoliyatning quyidagi: 
-    boshqaruv soxasida:  menejer, marketolog, makler, diler broker va boshqalar; 

-    ilmiy-metodik soxasida; iqtisodiy va marketing tadqiqotlarini olib borish, marketingni rejalashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 

-    taftish-nazorat sohasida: turli mulk shaklidagi korxonalarda buxgalterlik, moliyaviy taxlil va audit ishlarini olib borish;

-    me’yoriy-huquqiy sohada: korxona va tashkilotlarni iqtisodiy faoliyatini boshqarishga, marketing faoliyatiga  oid me’yorlar, ko’rsatmalar ishlab chiqish;

-    pedagogik: tasdiqlangan o’quv reja va dasturlar asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida kasb ta’limi o’qituvchisi sifatida ishlash hamda boshqa  kasbiy faoliyat turlarini bajarishi mumkin.

 

5610100 - Xizmatlar sohasi (umumiy ovqatlanishni tashkil etish) ta’lim yo’nalishi

Kasbiy faoliyatining tavsifi

Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi:

   

5610100 - Xizmatlar sohasi (umumiy ovqatlanishni tashkil etish) ta’lim yo’nalishi fan va texnika sohasidagi yo’nalish bo’lib, umumiy ovqatlanishni tashkil etish bo’yicha ishlab chiqarish, qayta ishlash, tadqiq qilishga yo’naltirilgan vositalar, usullar majmuasini qamrab oladi.

 

 

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  •    umumiy ovqatlanish muassasalarining xom ashyolarini tahlil qilish, navini aniqlash;
  •    pazandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi;
  •    tayyorlangan mahsulotning sifatini nazorat qilish;
  •    korxonaning ikkilamchi xom-ashyolaridan foydalanish;
  •    konserva mahsulotlari ishlab chiqarish;
  •    noan’anaviy xom-ashyolarga ishlov berish;
  •    meva-sabzavotlarni qayta ishlash;
  •    xom ashyo va tayyor mahsulotlar sifatini nazorat qilish;
  •    konserva sanoati chiqitlarini qayta ishlash.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining ob’ektlari:

5610100 - Xizmatlar sohasi (umumiy ovqatlanishni tashkil etish) ta’lim yo’nalishi bakalavrlarining kasbiy faoliyat ob’ektlari – umumiy ovqatlanish korxonalarida qo’llaniladigan xom ashyo va materiallar, noan’anaviy xom ashyolar, pazandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalari va jihozlari.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:

- ilmiy-tadqiqot;

- ishlab chiqarish; 

- tashkiliy-boshqaruv;

- loyihaviy-konstruktorlik;

- foydalanish va servis xizmatini ko’rsatish va shu kabilarni o’z ichiga oladi.

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.

Kasbiy moslashuv imkoniyatlari

Bakalavr pedagogik qayta tayyorlashdan o’tgandan so’ng o’rta maxsus, kasb-hunar taolimi muassasalarida maxsus fanlarni o’qitishi mumkin.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari

5610100 - Xizmatlar sohasi (umumiy ovqatlanishni tashkil etish) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan keyin 5A610101- Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo’nalishlari bo’yicha) magistratura mutaxassisligi bo’yicha ikki yildan kam bo’lmagan muddatda o’qishni davom ettirishi mumkin.

Shuningdek, o’rnatilgan tartibda mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy-tadqiqot olib borish mumkin.


Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi