| | |

QURILISH

To’xtabaev Axmadjon Adashevich

Qabul vaqti: haftaning har dushanba va shanba kunlari: 9.00-11.00.

Telefon: +998 69 234-37-20

E-mail: toxtabaev66@gmail.com






Komilov Sahob Rasuljonovich

Qabul vaqti: haftaning seshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 (69) 234-37-20, +998 90 215-49-90

E-mail: sahob.komilov@umail.uz






Jo’raev Baxtiyor G’ulomovich

Qabul vaqti: haftaning chorshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 (69) 234-37-20 , +998 91 369 04 20

E-mail: juraevbaxtiyor74@gmail.com






Qosimov Toxirjon Olimjonovich

Qabul vaqti: haftaning payshanba kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 (69) 234-37-20, +998 93 948 65 11

E-mail: qosimov6511@gmail.com






Xaydarov Sherzod Ergashalievich

Qabul vaqti: haftaning juma kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 (69) 234-37-20, +998 93 671 11 17

E-mail: inventor_uz@mail.ru





Dehqonov Anvar Valijonovich

Qabul vaqti: haftaning har kuni: 14:00-17:00

Telefon: +998 (69) 234-37-20, +998 94 175 08 17

E-mail: quyosh0817@inbox.ru





Fakultet haqida

Institutda qurilish yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlash 1979 yildan boshlanib, qurilish sohasiga 10 mingdan ortiq yuqori malakali kadrlar etkazib berildi. Hozirgi kunda fakultetda 6 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishi “5111000- Kasb ta’limi (5230200-iqtisodiyot), 5340200-“Binolar va inshootlar qurilishi”, 5340400 – “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha, 2017-2018 o’quv yilidan boshlab 5341300-“Kommunal infratuzilma va uy joy kommunal xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Fakultet tasarrufida 7 ta kafedra mavjud bo’lib, ular: “Binolar va inshootlar qurilishi”, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji”, “Iqtisodiyot”, “Oliy matematika”, “Materiallar qarshiligi va mexanika”, “Chet tillar”, “Jismoniy madaniyat”


Qurilish fakulteti

Fakultetda 100 dan ziyod yuqori malakali professor-o’qituvchilar, ya’ni 5 nafar fan doktori, professorlar, 28 nafar fan nomzodi, 29 nafar katta o’qituvchi, 47 nafar assistent va shu bilan birgalikda 10 nafar texnik xodimlar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Fakultetda zamonaviy o’quv jixozlari va axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Jumladan, fakultet kafedralarida 6 ta lingafon xonalari, 2 ta kompyuter sinflari, 4 ta videoproektorlar muntazam ishlab turibdi.


Fakultet kafedralari haqida ma`lumоt


"“Binоlar va inshооtlar qurilishi” kafedrasi mudiri

Abduraxmonov Sultonboy Ergashevich

Kafedra 1982 yil 1-sentyabrda tashkil topgan. Kafedra faoliyati davomida tayyorlangan 6 mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, xalq xo’jaligining turli sohalarida, shuningdek, ta’lim muassasalarida faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 18 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning 1 nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi-dotsentlar, 6 nafari katta o’qituvchi, 7 nafari o’qituvchi hamda kabinet mudiri va laborantlardan iborat. Shuningdek, kafedrada 5A340201 Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar) magistratura mutaxassisligi hamda 05.09.01 Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar tayanch doktorantura faoliyat olib bormoqda.


Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi va montaji kafedrasi mudiri

Alinazarov Alisher Haydaralievich

Kafedra 1991 yil 1 sentyabrda tashkil topgan bo’lib, hozirda kafedrada professor o’qituvchilar soni 17 nafar bo’lib, shulardan 5 nafari texnika fanlari nomzodi dotsentlar, 12 nafari malakali o’qituvchilardir.





Iqtisod kafedrasi mudiri

Mahmudov Baxriddin Jo’rayevich

Kafedrada bir nafar fan doktori, 4 nafar fan nоmzоdlari dоtsentlar va 4 nafar malakali o’qituvchilar talabalarga bilim berishmоqda.







“Jismоniy madaniyat va spоrt” kafedrasi mudiri

Maqulov Shuxratjon Zokirovich

Kafedra 1987 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda kafedrada 7 nafar pedagog-o’qituvchilar, ularning bir nafari sport ustaligiga nomzod va 5 nafari 1-razryadli sportchilardir. Kafedra qoshidagi «Parvoz-NamMQI» sport uyushmasida sog’lomlashtirish, futbol, voleybol, tennis, stol tennisi, atletizm va aykido kabi sport turlaridan seksiyalar muntazam faoliyat ko’rsatmoqda .




“Oliy matematika” kafedrasi mudiri

Gafarov Ilg’orjon - Fiz.-mat.fanlari nomzodi, dotsent

Ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi: Operator koeffitsiyentli differensial tenglamalarga qo’yilgan ichki va tashqi masalalar. Faoliyati: 20.06.1960 yilda Namangan shahrida tug’ilgan. 1978-1982 yillarda Toshkent davlat universiteti talaba, 1982-1984 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Ramanovskiy nomidagi Matematika institutida Stajyor tadqiqotchi, 1984-1987 yillarda Novosibirsk davlat universitetida aspirant, 1987-1988 yillarda Namangan shahri “Среднее профессиональное техническое училище №31” da o’qituvchi, 1988 yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filialida muhandis, 1988-1989 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti) da assistent, 1989-1991 yillarda Toshkent mashinasozlik instituti Namangan filialida dotsent, 1991-1998 yillarda Namangan sanoat-texnologiya institutida dotsent, 1998-2003 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutida dotsent, 2003-2005 yillarda dekan, 2005-2010 yillarda dotsent, 2010 yilda Toshkent shahar AVANDERO M



“Chet tillar” kafedrasi mudiri

Dоsbayeva Nargiza Turg’unpo’latоvna

Kafedrada 3 nafar fan nоmzоdlari dоtsentlar va 18 nafar malakali o’qituvchilar talabalarga bilim berishmоqda.








Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi mudiri

Tillaboyev Yodgorjon Kenjaboyevich

Kafedra 1982 yilda tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 1 nafar fan doktori 6 nafar fan nomzodlari va 6 nafar malakali o’qituvchilar talabalarga bilim berishmoqda.
Kafedrada nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, qurilish mexanikasi va amaliy mexanika fanlaridan talabalarga saboq berish bilan birgalikda kafedra olimlari professor. P.J.Matkarimov rahbarligida 2017-2019 yillarga mo’ljallangan A-14-8Q(14-11) “Seysmik kuch ta’sirida suv inshootlari mustaxkamligi, suv inshootlarini gruntning real fizik-mexanik xarakteristikalari va elastik-plastik deformatsiyalanishi va temirbeton konstruktsiyali bino va inshootlar elementlarining mustaxkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta’sirlarini tadqiq qilish” mavzusidagi Davlat granti loyihasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.


Fakultet talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar

Yoshlarga oid davlat siyosatining hayotga tadbiq etish va ijrosini ta’minlash hamda talaba-yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga yaratilgan imkoniyatlardan to’liq foydalanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida fakultetda bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda.

Jumladan, 2018 yilda birinchi marta topshirilgan “Mard o’g’lon” nomli davlat mukofoti sovrindorlari qatoridan fakultetning 25-BIQ-14 guruh talabasi S.Murodullaev ham o’rin oldi. U hozirda fakultetning Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji yo’nalishi bo’yicha magistratura mutaxassisligida taxsil olmoqda.

 Joriy yilda fakultetning 1A-KTI-15 guruh talabasi Muhammadjonov Boburmirzo “Islom Karimov” nomidagi, 40-QHAL-15 guruh talabasi Otaxanova Shoxista “Buruniy” nomidagi nomdor stipendiyalar sovrindorligini qo’lga kiritishdi.

Shuningdek, joriy yil yanvar-fevral oylarida institutda o’tkazilgan Sh.Rashidovning 100 yilligiga bag’ishlangan rasmlar tanlovida fakultetning 4 nafar talabalari g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

- Respublika miqyosida joriy yil fevral oyida o’tkazilgan “Korruptsiyaga qarshi kurash” mavzusidagi rasmlar tanlovida fakultetning 2-kurs talabasi I.Axunjanov fahrli 1-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdi.

- institutning “Parvoz” nomli voleybol bo’yicha erkaklar jamoasi tarkibida fakultetning 9 nafar talabalari muntazam ishtirok etib, respublika oliy liga o’yinlari va xalqaro turnirlarda sharafli o’rinlarni egallab, sport soxasidagi o’z mahoratlarini yanada oshirib kelmoqda.

- OO’MTVning 2018 yil 16 yanvardagi 42-sonli buyrug’iga ko’ra institut miqyosida o’tkazilgan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” mavzusidagi insholar tanlovida fakultet talabasi Iroda Oripova 1-o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdi va institut rahbariyati tomonidan 500 ming miqdorida pul mukofoti bilan mukofotlandi.

- Oliy o’quv yurtlararo talabalarining talabalarning mutaxassislik fani tanlovi bo’yicha Toshkent arxitektura-qurilish institutida 2018 yil 16-17 may kunlari o’tkazilgan fan olimpidasining respublika bosqichida 23-BIQ-14 guruhi talabasi Maxmudov Farxod ishtirok etib, fahrli 1-o’rinni egalladi.

   - Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida o’tkazilgan “Arxitektura” fani bo’yicha Respublika olimpiadasida 41-QHAL-15 guruh talabasi Anorov Qodirjon faxrli birinchi o’rinni egalladi.

   - Viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivalining viloyat bosqichida 27-QHAL-17 guruh talabasi Muhammadjonov Farruh “Eng iqtidorli hunarmand” nominatsiyasi bo’yicha II darajali diplom bilan taqdirlandi.

- Viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivalining viloyat bosqichida 20-MKQ-17 guruh talabasi Olimjanov Jahongir “Yuksak ma’naviyatli avlod” nominatsiyasi bo’yicha I darajali diplom bilan taqdirlandi.

- Viloyat ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” Respublika festivalining viloyat bosqichida 27-QHAL-17 guruh talabasi Davlatov O’tkir “O’z asarida milliylikni aks ettirgan rassom” nominatsiyasi bo’yicha II darajali diplom bilan taqdirandi.

2018 yil davomida Qurilish fakulteti mehnat jamoasi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy va sport-sog’lomlashtirish yo’nalishlarida ko’plab ommaviy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etildi.


14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Mening do’stim – Vatan himoyachisi” mavzusidagi harbiy xizmatchilar hamda Qurilish fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokidagi tadbir


14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Mening do’stim – Vatan himoyachisi” mavzusidagi harbiy xizmatchilar hamda Qurilish fakulteti professor-o’qituvchilari va talabalari ishtirokidagi tadbir

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan fakultet tarkibidagi “Jismoniy madaniyat” kafedrasi mas’ulligida institut miqyosida tashkil etilgan “Shunqorlar” sport musobaqalari

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan fakultet tarkibidagi “Jismoniy madaniyat” kafedrasi mas’ulligida institut miqyosida tashkil etilgan “Shunqorlar” sport musobaqalari

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan fakultetning “Chet tillar” kafedrasi mas’ulligida tashkil etilgan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” nomli adabiy kecha

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan fakultetning “Chet tillar” kafedrasi mas’ulligida tashkil etilgan “Ozod va obod Vatanga baxshida umr” nomli adabiy kecha

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Dilbar Haydarovaning “Dutorning toriday” va “Oshiq pari injalari” nomli she’riy kitoblari taqdimotiga bag’ishlangan tadbir

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoira Dilbar Haydarovaning “Dutorning toriday” va “Oshiq pari injalari” nomli she’riy kitoblari taqdimotiga bag’ishlangan tadbir

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi