| | |

CHEXIYA TABIIY FANLAR UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

Hamkorlik uchrashuvi.



       Shu yilning 16-23-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Namangan muxandislik qurilish instituti taklifiga binoan Chexiya Respublikasining Praga shaxridagi Chexiya Tabiiy fanlar universitetidan ikki nafar professor –o‘qituvchilar Emil Krish va Lukas Xerautlar tashrif buyurishdi.




     Olimlarni institutning majlislar zalida prorektor S.Umarxonov institut raxbari va professor-o‘qituvchilari bilan tanishtirdi. Mexmonlar o‘zlarining institutlari xaqida, Chexiyadagi ta'lim tizimi xaqida hamda o‘zlarining mutaxassisliklari bo‘yicha institut professor –o‘qituvchilariga, hamda talabalarga o‘zlarining ma'ruzalarini o‘qib eshittirdilar. Uchrashuv qizg‘in savol- javoblar ostida o‘tdi.
     Ular tashrif davomida institutda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Shuningdek, mehmonlar institut qoshidagi akademik litseyga ham tashrif buyurib litsey talabalari uchun ham o‘zlarining ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar. Mehmonlar viloyatimizdagi intensiv bog‘lar va ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishdi.




    Tashrif yakunida mehmonlar O‘zbekistonga xususan Namanganga kelganliklaridan g‘oyat xursand ekanliklarini bu yerning odamlari ochiq ko‘ngil va mehmondo‘st ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdilar va yana kelish istagi bilan xayrlashdilar.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi