| | |

RYAZAN DAVLAT AGROTEXNOLOGIYA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK

Xalqaro hamkorlik aloqalari.




         2018-yil 3-7-aprel kunlari institut rektori Sh.Sh.Kenjaboyevning taklifiga binoan Rossiya federatsiyasi, Ryazan Davlat agrotexnologiya universitetining “Metallar texnologiyasi va mashinalar ta'miri” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Rembalovich Georgiy Konstantinovich Namangan muxandislik-qurilish institutiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.




       G. Konstantinovich dastlab institut faoliyati, moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishdi. Kafedralarga tashrif buyurib professor-o‘qituvchilar bilan o‘quv jarayonlarini tashkil qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashishdi. Institut professor-o‘qituvchilariga 4-5-aprel kunlari “Mexanika va energetikada muxandislik tizimlari” ilmiy-o‘quv markazi, “O‘quv jarayonini axborot texnologiyalari va resurslari bilan ta'minlash masalalari”, “Agrotexnopark” o‘quv-ilmiy innovatsion markaz faoliyatini tashkil qilish masalalari mavzularida seminar-trening o‘tkazdi. Seminar-treningda t.f.d., prof. Sh.Yuldashev, t.f.d., prof. N.G.Bayboboyev, t.f.n., dots. J.Muxamedov, t.f.n., dots. A.Nasritdinov, Y.Tadayeva va boshqalar savol-javoblar hamda o‘z fikr mulohazalari bilan qatnashdilar.




        Seminar-treningni institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, t.f.n., dots. S.Umarxonov olib bordi. Seminar-trening yakunida hamkorlikda ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishga, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuviga kelishib oldilar. Shuningdek oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro xamkorlik to‘g‘risida “MEMORANDUM” imzolandi. Institut talabalariga 6-7-aprel kunlari “Kartoshka yetishtirish va yig‘ib olish mashinalari” mavzusida ma'ruza mashg‘ulotlari o‘tkazdi. Ma'ruza talabalarda qiziqish uyg‘otdi. Talabalar mashg‘ulot davomida bir qator savollar berishdi va unga qoniqarli javoblar olishdi.




      Qishloq xo‘jalik texnikalarini takomillashtirish yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalar uchun” Kartoshkani yig‘ib olish, tashish hamda saqlash texnologiyasi va texnikalarini takomillashtirish” bo‘yicha 2010-2018-yillarda Ryazan Davlat agrotexnologiya universitetida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusida seminar o‘tkazildi. Shuningdek, Ryazanlik olim institut qoshidagi akademik litseyda ham bo‘lib litsey bitiruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Ryazan Davlat agrotexnologiya universieti haqida gapirib berdi va o‘quvchilarning savollariga javob berdi.










Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi