| | |

DOKTARANTURA

Namangan muhandislik-qurilish instituti doktoranturasi faoliyatiga oid ma'lumotlar

    2017-yilda quyidagi 2 ta yangi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga 2018-yil uchun 2 nafar doktorantlar qabul qilindi:
- 05.09.01-Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar ixtisosligi;
- 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi.
   2017-yilda 1 nafar 2 bosqich doktorant N.Nishanov 05.09.02-Asoslar, poydevorlar va yer osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonellari. Yo‘llar, metropolitenlar ixtisosligi (PhD) bo‘yicha dissertatsiyasini muddatidan oldin himoya qildi.
   2017-yilda institut professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilaridan 5 nafar hamda 1 nafar doktorant doktorlik dissertatsiyalarini yakunlab himoya qildilar. 2018-yilda 1 nafar doktorant 6 nafar mustaqil tadqiqotchilarni doktorlik dissertatsiya ishlarini himoya qilishlari rejalashtirilgan. 
    Institutda 2017-yilda himoya qilganlar:
    1.doktorant N.Nishanov - 05.09.02-Asoslar, poydevorlar va yer osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonellari. Yo‘llar, metropolitenlar ixtisosligi bo‘yicha (PhD) himoya qildi.
    2.Mustaqil tadqiqotchi D. Bekmirzayev - 05.09.02-Asoslar, poydevorlar va yer osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonellari. Yo‘llar, metropolitenlar ixtisosligi bo‘yicha (PhD) himoya qildi.
    3.Mustaqil tadqiqotchi D.Mahkamov - 02.00.07-Kompozitsion, lok bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha (PhD) himoya qildi.
   4.Mustaqil tadqiqoti U.Erkaboyev – 01.02.04-Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha (PhD) himoya qildi.
   5.dots. S.J.Razzaqov - 05.09.01-Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar ixtisosligi bo‘yicha (DSc) himoya qildi.
   6.dots. I.Shamshidinov - 02.00.13-Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha (DSc) himoya qildi;
  Qurilish fakultetining Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi stajyor o‘qituvchisi Tadjihojayeva Sayyora Xitoy Xalq Respublikasining Dalian Texnologiyalar Universitetida shu yilning sentyabr oyidan bugungi kunga qadar doktoranturada tahsil olyapti.


Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi