| | |

INSTITUTNING YUTUQLARI

Institutning yutuqlari
Davlat ilmiy-texnik grantlari

    2017 yilda institutda 2 ta fundamental, 3 ta amaliy va 3 ta innovatsion loyihalar bajarildi, ularning moliyaviy hajmi - 437,788 mln.so‘m.
    1.OT-F2-70-“Kuchli elektromagnit maydondagi nano o‘lchamli yarimo‘tkazgich parametrlariga harorat, deformatsiya va yorug‘likning ta'siri”; 
    2. OT-F2-71 – “O‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydondagi deformatsiyalangan r-n-o‘tish volt-amper xarakteristikaga yorug‘likning ta'srini tadqiq etish” ;
    3. A-14-8+(14-11) - “Seysmik kuch ta'sirida suv inshootlari mustahkamligi, suv inshootlarini gruntning real fizik mexanik xarakteristikalari va elastik-plastik deformatsiyalanishi va temir beton konstruksiyali bino va inshootlar elementlarining mustahkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta'sirlarini tadqiq qilish”; 
    4. A-12-39 – “Mahalliy karbonatli xom-ashyolardan foydalangan holda kalsiy va magniy fosfatli o‘g‘itlar olish texnologiyasi”; 
    5. OT-A3-23-“Energiya tejamkor vositalar asosida o‘quv-ko‘rgazmali qurollar yoki xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish uchun optik qurilma tayyorlash”;
    6. IOT-2016-5-28 “Elektrokimyoviy faollashtirilgan suv asosida mum kuyasi qurtini oziqlantirish va undan gabrobrokon ko‘paytirish texnologiyasi”; 
    7. IOT-2016-5-11 “Topinamburni sharbati olingan ikkilamchi xom-ashyosini qayta ishlab tarkibida qand tutuvchi va dietik taomlar texnologiyasini ishlab chiqish”; 
    8. IOT-2017-5-7-maishiy chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash uchun ekologik bexatar va chiqitsiz texnologiyani ishlab chiqish asosida chorva oziqa bazasini rivojlantirish.

Xo‘jalik shartnomalari

   2017 yilda Namangandagi korxona, tashkilot va viloyatimiz fermer xo‘jaliklari bilan 29 ta xo‘jalik shartnomalari asosida 30, 11 mln. so‘m miqdordagi xo‘jalik shartnomalari tuzildi. Hozirda korxona va tashkilotlardan 13,049 mln. so‘m mablag‘ institut hisob raqamiga tushdi. Shartnomalar mavzulari to‘g‘risidagi ma'lumot 2-jadvalda keltirilgan.
Institutning “Informatika va axborotlar texnologiyasi”, “Texnologik mashina va jihozlar”, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedralari tomonidan tashkil etilgan o‘quv kurslaridan 5,499 mln. so‘mlik ishlar bajarildi.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar

   2017 yil 16-18 mart kunlari o‘tkazilgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Xududiy yarmarkasida (Namangan, Farg‘ona, Andijon) 16 ta ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etildi.
2017 yil 10-12 may kunlari o‘tkazilgan Respublika “X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi”ga institut professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan 9 ta ilmiy ishlanmalar tayyorlandi va ishlanmalar bilan yarmarkada ishtirok etildi: 
- fermer xo‘jaliklari uchun kichik hajmdagi kartoshka kovlagichni loyihalash;
- tuproqqa ekish oldidan ishlov berish va pushta olish agregati;
- tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi va mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekuvchi kombinatsiyalashgan agregat yaratish;
- topinamburni sharbati olingan ikkilamchi xom-ashyosini qayta ishlab tarkibida qand tutuvchi va dietik taomlar texnologiyasini ishlab chiqish;
- chorva ozuqasini quyoshli quritish qurilmasi;
- kombinatsiyalashgan quyoshli-biogaz qurilmasi;
- energiya tejamkor vositalar asosida optik qurilma tayyorlash va uning ta'lim yoki xalq xo‘jaligining turli sohalarida tadbiqi;
- temir-betonga issiqlik ishlovi berishning energiya tejamkor usuli;
- mahalliy xom-ashyolardan tayyorlangan suv isitish qurilmasi
Ushbu ishlanmalardan 6 tasi bo‘yicha 12 ta korxona va fermer xo‘jaliklari bilan 103 mln.500 ming so‘mlik shartnomalar tuzildi. 
2017 yil 29 iyun kuni Toshkent Davlat texnika universiteti bazasida o‘tkazilgan Yoshlarning “Innovatsion g‘oyalar” ko‘rik tanlovida ham institutning 3 nafar yosh olimlari va 1 nafar iqtidorli talabasi ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etdilar va 1 nafari B.Xayitov OO‘MTVning sertifikati bilan taqdirlandi.

Stipendiatlar

    2017 yilda Namangan muhandislik-qurilish institutidan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari talabalaridan quyidagi 3 nafari nomdor Davlat stipendiyasi sohiblari bo‘lgan:

O‘zbekston Respublikasi Beruniy Davlat stipendiyasi

1. Murodov Boburjon Xakimjon o‘g‘li – Muhandislik fakulteti, Elektr energetika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.
2. Jo‘raboev Mehro‘zbek Muxtorjon o‘g‘li – Transport fakulteti, yer usti transporti tizimlari yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi

O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov Davlat stipendiyasi

1. Toxirov Jaxongir Maxmudjon o‘g‘li – Qurilish fakulteti, Iqtisodiyot yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi

 Respublika fan olimpiadalarida

    Talabalarning Respublika fan olimpiadasida 5 nafar talaba g‘olib bo‘lgan:

   1. Temirova Oygul Madaminjonova – Kasbiy ta'lim fani bo‘yicha 1-o‘rin;4-bosqich talabasi
   2. Sultonov Sardor Saloxiddin o‘g‘li –Ventilyasiya va havoni konditsiyalash,3-o‘rin;4-bosqich talabasi
   3. Jo‘raboev Mexro‘zbek Muxtorjon o‘g‘li – Nazariy mexanika 3-o‘rin; 3-bosqich talabasi
   4. Nosirjonov Nodirbek Ravshanbek o‘g‘li – Qurilish konstruksiyalari 3- o‘rin; 4-bosqich talabasi
   5. Abdullaev Ibroximjon Olimjon o‘g‘li – Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish 3-o‘rin; 4-bosqich talabasi

Respublika tanlovlarida

     2017 yil 27 may kuni Samarqand shahrida o‘tkazilgan Yangi asr iste'dodlari Respublika ko‘rik tanlovida 3 nafar talabalar ishtirok etdi va faxrli o‘rinlarni egalashdi:
   1.Axunjonov Islom “Eng yaxshi amaliy san'at asari” nominatsiyasi bo‘yicha 2-darajali diplom;
   2.Akromiddinov Rashidbek “Eng yaxshi grafika va xaykaltaroshlik asari” nominatsiyasi bo‘yicha 3-darajali diplom;
   3.Nazirjanov Doston “Eng yaxshi rangtasvir asari” nominatsiyasi bo‘yicha 3-darajali diplom.

     O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi tomonidan “Oliy ta'lim muassasalari yosh olimlari va iqtidorli talabalarining “startap” loyihlarini rivojlantirish loyihasida institutning 2 nafar talabasi Pulatov Anvarjon va Ubaydullaev Erkin “Kichik hajmdagi transformator va invertor ishlab chiqarish” mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etganlar va sovrinli o‘ringa erishganlar.


Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi