| | |

MENEJMENT

Dadaboyev To’lqinjon Yusupjonovich

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00..

Telefon: +998

E-mail: dadaboev1979@inbox.uz







 Kafedra haqida

O’zbekistonda mustaqil davlatchilik o’rnatilib, uning milliy iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o’tishi dunyoning rivojlangan mamlakatlari andozalari darajasidagi, mustaqil fikrlaydigan hamda yuksak ma’naviyat va ahloqiy fazilatlarga ega bo’lgan mutaxassislar, shu jumladan boshqaruvchi-menejerlarni tayyorlash vazifasini kun tartibiga qo’ydi. Ikkinchi tomondan, yoshlarda zamonaviy iqtisodiy bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan extiyoj keskin ravishda ortib ketdi.
Shu munosabat bilan “Menejment” kafedrasi  O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ilgari surilgan vazifalarni hal etishga o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda. Kafedra 1991 yil 6 iyunda institut ilmiy kengashining qarori bilan Iqtisodiyot fakul’teti tarkibida “Iqtisodiyotni boshqarish va xo`jalik mexanizmi” nomi bilan tashkil topgan. 
Kafedrada oliy ta’limning har ikki bosqichi-bakalavriat 5230200 “Menejment” (ishlab chiqarish) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Hozirgi kunda Menejment ta’lim yo’nalishida 83 nafar talaba tahsil olmoqda.
Kafedrada menejment mutaxassisligi bo’yicha 3 nafar kata ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Kafedra professor-o’qituvchilari talabalarga fanlardan saboq berish bilan birga, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda o’quv qo’llanmalar, darsliklar yaratish bilan ham jiddiy shug’ullanmoqdalar. Kafedra jamoasi 26954 AQSh dollari miqdorida “Evraziya” fondining grantini olishga sazovor bo’lgan. Bu grant asosida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Menejment” mutaxassisligi magistrantlari uchun 5 ta o’quv dasturi va ular asosida 5 ta o’quv qo’llanma tayyorlanib chop ettirilgan. Ushbu qo`llanmalar Menejment mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanayotgan oliy o`quv yurtlariga tarqatilgan. O’tgan yillar davomida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan kasb-hunar kollejlari uchun ikkita darslik, 4 ta o’quv qo’llanma chop ettirildi.  
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan “Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mlkchilik shaklidagi korxonalarni boshqarishni takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida kafedra katta o’qituvchisi To’lqinjon Dadaboyev 08.00.04 “Agrosanoat majmui iqtisodiyoti” ixtisosligi bo’yicha “Bog’dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, 2010 yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Kafedra tadqiqotchisi N.Rasulov 08.00.13 “Menejment va marketing” ixtisosligi bo’yicha “Korxonalar iqtisodiy samaradorligini oshirishda korporativ boshqaruv omillaridan foydalanish” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

2018 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son hamda 27.07.2017 yildagi PQ-3151-son Qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish institutining “Menejment” kafedrasi va Janubiy Koreya Respublikasining Yonnam universiteti o’zaro xamkorlik aloqalarini o’rnatdi.
SHu kelishuvga muvofiq Yonnam universiteti halqaro darajadagi professor Dadaxanov Alisher Toxirovich Namangan muhandislik-qurilish institutiga tashrif buyurib, o’qituvchi va talabalarga master-klass va ma’ruzalar o’tkazdi.
Tashrif yakunida kelajakdagi rejalar hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustaxkamlash to’g’risida kelishib olindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 yuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son qarori bilan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish yo’nalishlari belgilab olindi.
Yuqoridagi xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Menejment kafedrasi qoshida professor-o’qituvchilar va talabalarni mustaqil o’z ustilarida ishlashlari uchun sharoit yaratish maqsadida kafedraga biriktirilgan 507-auditoriyada ilmiy, iqtisodiy, badiy adabiyotlar, darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlangan Axborot resurs markazi tashkil etildi.

Kafedra dotsenti O.Aripov o’zining “O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish” nomli mavzusidagi ilmiy monografiyasini “FAN” nashriyotida chop ettirdi. 

2012 yilda kafedra dotsenti R.Ismatov tomonidan “Bozor iqtisodiyoti”  nomli kasb-hunar kollejlari uchun darslik yaratildi va o’quv jarayonida samarali qo’llanilmoqda. 

Kafedra dotsenti R.Egamberdiyev tomonidan “Mikro va makroiqtisodiyot” nomlii kasb-hunar kollejlari o’quv qo’llanma chop etildi va o’quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.






 Kafedra dotsenti R.Ismatov BMTning Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Namangan va Andijon viloyatlarida “Xayot tarzini oshirish” mavzusidagi umumiy qiymati 60 ming yevro bo’lgan xalqaro grant loyihasi bo`yicha treninglarda ishtirok etyapti.

Kafedrada jamoasi tomonidan Namangan vildoyatida faoliyat ko’rsatayotgan 25 ta korxona, tashkilot va muassasalar bilan  “Fan va ishlab chiqarish o’rtasida innovatsion xamkorlik” shartnomasi va ulardagi ilmiy texnik muammolarni yechimlarini topish uchun 2 ta innovatsion guruh tuzilgan. Kafedrada tashkil etilgan innovatsion guruh tarkibida kafedraning 6 nafar  professor-o’qituvchilari va 6 nafar iqtidorli talabalar, magistrantlar faoliyat ko’rsatmoqda. 2 nafar a’zo ishlab chiqarish korxonalari va muassasalaridan jalb etilgan. “Xaqulobod savdo-ishlab chiqarish” mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan undagi ilmiy texnik muammolarni yechimini topish uchun tuzilgan 3 mln. so’mlik xo’jalik shartnomasi bo’yicha ishlab chiqilgan kalendar rejaga asosan ilmiy tadqiqot ishlari davom ettirilmoqda.


 Zamonaviy korxonalar bilan innovatsion xamkorlik shartnomalari bo’yicha kafedrada tuzilgan innovatsion guruh a’zolari tomonidan shartnoma tuzilgan korxona va tashkilotlardagi ilmiy texnik muammolari banki aniqlanib, 2014 yil davomida bu muammolarni yechimlarini topishga qaratilgan 20 ta mavzu bo’yicha bitiruv malakaviy ishi bajarildi, 5 ta magistrlik (H.Imomnazarazov, A.Raxmonov, A.Abdullayev, R.Qutbiddinov, N.Narimonov, O’.Ibragimov),  bitta doktorlik (O.Aripov) dissertatsiyasi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan korxonalardagi ilmiy texnik muammolar yechimlarini topishga qaratilgan 1 ilmiy monografiya tayyorlanib “FAN” nashriyotida chop ettirildi, 5 ta xorijiy nashrlarda, 2 ta xalqaro anjumanlarda, 6 ta respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda, 30 ta respublika miqyosidagi ilmiy amaliy konferentsiyalarda ilmiy maqolalar chop ettirildi.

Kafedrada avvalgi yillarda magistraturani tamomlagan iqtidorli magistrlardan Shaydullayev Bobir, Axmedov Bekzod, Jo’raboyev Shavkat TDIUga va G’oyibnazarov Sanjar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”ga stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilikka yuborilgan. Xozirgi kunda ulardan ikki nafari (Shaydullayev Bobir va G’oyibnazarov Sanjar) o’zlarini doktorlik  dissertatsiyalari ustida ish olib borishmoqdalar. 

Iqtidorli talaba Mahmudjonov Ibroxim 2014 yilda Respublika miqiyosida o’tkazilgan “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovida Respublika bosqichi g’olibi bo’ldi.

Iqtidorli talaba Boyboboyev Elyor “Kamolot YoIX” tomonidan tashkil etilgan “Yosh tadbirkor kelajakka poydevor” tanlovining Respublika bosqichida g’olib bo’ldi. 

Kafedraning yetakchi professor-o’qituvchilaridan 3 nafari Respublika “Iste’dod” (“Ustoz”) jamg’armasi granti sovrindori sifatida AQSh, Kanada, Janubiy Koreya, Germaniya, Gollandiya, Isroil kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi Universitetlarida tajriba almashib, o’z malakalarini oshirib kelishgan.

Hozirgi kunda kafedraning sobiq iqtidorli talabalaridan 5 nafari Yuldasheva Salomat, Mamajanov Jaxongir, Orifboyev Abdullo, Jalalov Ilxom, Abdulaxatov Furqatlar Respublika “Umid” (“Iste’dod”) jamg’armasining grant sovrindorlari sifatida Angliya va Kanada davlatlarining yetakchi Universitetlarida magistraturani tamomlab kelib, Respublikamiz iqtisodiyotining turli tarmoqlarida mas’ul lavozimlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

O’tgan yillar davomida kafedrani bitirub chiqqan G’.Jamalov, X.Bozorov, T.Rafiqov, S.Mo’minov, N.Ergasheva, J.Mamajanov, I.Jalolov, S.Yuldasheva, Sh.Abdurazzaqov, A.Boymirzayev, U.Dadaboyev kabi sobiq talabalarimiz xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, Moliya vazirligida, Iqtisodiyot vazirligida, xarqaro tashkilotlarda, Namangan viloyati xokimligida mas’ul lavozimlarda, Chust va Yangiqo’rg’on tumani xokimi lavozimida, Moliya, Soliq, Bojxona, Bank tizimida, sug’urta idoralarida, qo’shma korxonalarda yuqori lavozimlarda faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Kafedraning o’qituvchilari Qoraboyev Shuhrat (“Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi), Adashev Azimjonlar (“Menejment” kafedrasi o’qituvchisi)  Tempus dasturi (“MATChES” loyihasi) ning “O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish yo’lida” loyihasi doirasida 2015 yilning 22 yanvardan 31 yanvariga qadar Ispaniyaning Las Palmas de Gran Kanariya universiteti hamda 2015 yil 1 fevraldan 9 fevralga qadar Polshaning Yan Koxanovski universitetida tashkil etilgan o’quv kurslarida ishtirok etib keldilar.

 Kafedra jamoasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy monografiyalar, o’quv qo’llanmalar, darsliklar tayyorlash bo’yicha amaliy ishlarni olib bormoqdalar.

 Talaba va magistrantlarga fan sirlaridan saboq berishni samarali tashkil etish, iqtidorli talabalar va magistrlarni ilmiy tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida kafedraga Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi R.X.Shodiyev taklif etilgan. 

Keyingi yillarda kafedraning moddiy-texnika va o’quv-axborot bazasi 6 ta zamonaviy kompyuterlar, nusxa ko’chirish apparati, skaner, bir komplekt elektron doska va boshqa axborot texnologiyalari vositalari bilan to’ldirildi. Bu kompyuterlar internet tarmog’iga ulangan bo’lib, ular ayniqsa iqtidorli talabalar, magistrlar va mustaqil ilmiy tadqiqotchilarga katta naf keltirmoqda.      

O’quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda, o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda iqtisod fanlari doktori, professor Toshturg’un Ergashev, iqtisod fanlari nomzodlari, dotsentlar Raxmatilla Ismatov,  Oybek Aripov, To’lqinjon Dadaboyev, Raxmonjon Egamberdiyev, Ibodulla Soliyev kabi fidoiy ustozlarning mehnati ayniqsa tahsinga sazovordir.  

Kafedrada shuningdek Shuxratjon Qoraboyev, Gulbaxor Shokirova, Sobitxon Alaboyev, Eldor Shermatov, Gulnora Mirzaabdullayeva, Oybek Ahmedov, Azimjon Adashev, Ma’mura Ibragimova  kabi yosh tadqiqotchi olimlar samarali ilmiy izlanishlar olib borish bilan birgalikda barkamol avlod tarbiyasiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar.

 Kafedra tarkibi


Dadaboyev To’lqinjon Yusupjonovich - iqtisod fanlari nomzodi, kafedra mudiri

Katta o’qituvchi. 2001 yildan buyon shu institutda ishlaydi. 2009-2010 yillarda kadrlar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlagan. Hozirda Ekologiya va mehnat muhofazasi kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.15 dan ortiq tezis, 20 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan.

E-mail: dadaboev1979@inbox.uz




Ismatov Raxmatillo Oltinovich - iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Toshkent politexnika instituti Namangan filiali assistenti lavozimidan boshlagan. 1990-2012 yillarda NamMPIda katta o’qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, dekan muovini, dekan lavozimlarida ishlagan. 2012 yildan “Menejment” kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 3 ta o’quv qo’llanma, 1 ta darslik (hammualliflikda), 80 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi.

E-mail: rahmatillo1961@inbox.uz



Soliyev Ibodulla Ismatullayevich - iqtisod fanlari nomzodi.

2004 yildan Moliya kafedrasida assistent lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2008-2010 yillarda Moliya kafedrasi katta o’qituvchisi, 2010 yildan boshlab “Menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 5 ta uslubiy qo’llanma, 25 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi.

E-mail: soliev@inbox.uz



Qoraboyev Shuxratjon Ahmadjonovich- katta o’qituvchi.

1998-1999 yillarda NamMPI “Menejment” kafedrasida stajyor tadqiqotchi, 2000-2003 yillarda “Menejment” kafedrasi aspiranti, 2003 yildan shu kafedra katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 16 ta uslubiy ko’rsatma, 35 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi.

E-mail: alobaev@inbox.uz



Alabayev Sobitxon Ibragimovich - katta o’qituvchi.

2003-2004 yillarda NamMPI “Menejment” kafedrasida stajyor tadqiqotchi, 2005-2007 yillarda “Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, 2008-2011 yillarda “Menejment” kafedrasi assistenti, 2011 yildan shu kafedra katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 8 ta uslubiy ko’rsatma, 20 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi.

E-mail: alobaev@inbox.uz



Shokirova Gulbaxor Sharipjonovna - katta o’qituvchi.

1997-2003 yillarda NamMPI “Iqtisodiyotni boshqarish va xo’jalik mexanizmi” kafedrasi assistenti, 2003-2011 yillarda “Menejment” kafedrasi assistenti, 2011 yildan shu kafedra katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 9 ta uslubiy ko’rsatma, 24 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi

E-mail: shokirova1975@inbox.uz



Mirzaabdullayeva Gulnora - assistent.

2008 yildan “Menejment” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. 23 tadan ortiq maqola va tezislar muallifi.

E-mail: gmirzaabdullaeva@inbox.uz







Ahmedov Oybek Turg’unpo’latovich - assistent.

2009 yildan “Menejment” kafedradasida katta laborant lavozimida ish faoliyatini boshlagan. 2010 yildan shu kafedrada assistent lavozimida ish faoliyatini olib boradi. 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan.

E-mail: ahmedov1985@inbox.uz





Adashev Azimjon - assistent.

2008 yilda TDIU “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi assistent lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 2011-2012 yillarda NamMPI o’quv-uslubiy bo’lim inspektori, 2012 yilda kadrlar bo’limi inspektori, 2012 yildan boshlab “Menejment” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda. 25 dan ortiq maqolalar va tezislar muallifi.

E-mail: azimray1984@inbox.uz



 Kafedraning o’quv ishlar

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat
• Ishlab chiqarish texnologiyalari
• Ish yuritish
• Menejment nazariyasi
• Sifat menejmenti
• Marketing
• Xorijiy investitsiyalar
• Strategik menejment
• Ijtimoiy menejment
• Tavakkalchilikni boshqarish
• Mehnat iqtisodiyoti. Inson taraqqiyoti
• Inson resurslarini boshqarish
• Xalqaro menejment
• Innovatsion menejment
• Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
• Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish
• Ishlab chiqarish menejmenti
• Boshqarish nazariyasi asoslari
• Menejment va marketing asoslari
• Menejment va iqtisodiyot
• Servis korxonalarida menejment va marketing
• Menejment asoslari
• Iqtisodiyot va menejment
Magistratura
• Rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasii

Kafedra ilmiy ishlari 

Kafedrada olib borilayotgan “Turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni boshqarishni takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha hozirgi kunda kafedraning professor-o’qituvchilari va mustaqil izlanuvchilar tomonidan bajarilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Asosiy nashrlar

Darslik va o’quv qo’llanmalar
2012 yilda kafedra dotsenti R.Ismatov tomonidan “Bozor iqtisodiyoti”  nomli kasb-hunar kollejlari uchun darslik yaratildi va o’quv jarayonida samarali qo’llanilmoqda. 
Kafedra dotsenti R.Egamberdiyev tomonidan “Mikro va makroiqtisodiyot” nomlii kasb-hunar kollejlari o’quv qo’llanma chop etildi va o’quv jarayonida samarali foydalanilmoqda.
O’quv - uslubiy nashrlar
Kafedrada o’qitiladigan fanlardan tajriba ishlarini va kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan joriy o’quv yilida to’liq holatda ishlab chiqilib, chop yetilgan. O’quv yili davomida ulardan talabalar samarali foydalanishdi. Kurs ishlari rejalashtirilgan guruhlarga topshiriq variantlari ishlab chiqishda har bir ta`lim yo’nalishining xususiyatlari hisobga olindi va bu yo’nalishlar bo’yicha ishlab chiqilgan kurs ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatmada o’z aksini topdi. 
Kafedrada mustaqil ta`limni tashkil qilishda turli vositalardan foydalanildi. O’quv rejada berilgan fanlarni o’zlashtirish uchun ma`lum shart-sharoitlar, usullar, vositalar tizimlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilinmoqda. Talabalar o’z mehnatini mustaqil tahlil qilish, xatolar sababini va ularni bartaraf etish hamda oldini olish usullarini topish qobiliyatlarini rivojlantirishdi.
Mustaqil ta`lim talabalarda: shaxsiy, kasbiy, individual xususiyatlarini namoyon qilish; bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish; ularning umumtexnik va maxsus fanlarga oid bilimlarini rejalashtirish; tartibga solish, nazorat qilish uchun ongli ravishda foydalana bilish ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berdi.
Monografiyalar
2011 yilda kafedra mudiri O.Aripov tomonidan “O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish” nomli monografiya chop etildi. 
Olingan patent, litsenziya, foydali model, sertifikat, diplom va guvohnomalar
Kafedra iqtidorli talabalaridan Abdayev A’zam, Maxmudjanov Ibroxim, Tursunmetov Muzaffar, Jo’rayeva Nilyufarlar “Menejer” loyihasining 2 ta bosqichi tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashdilar.
Solijanov Jasur “Talabalar bahori” festivalida “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish” ekokonferentsiyada  qatnashib tegishli sertifikatga ega bo’ldi. 
Mamadaliyev Durbek “Buxgalteriya hisobi” kursida muvaffaqiyatli qatnashib tegishli sertifikatga ega bo’lgan.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi