| | |

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish kafedrasi

Imomqulov Qutbiddin

Qabul vaqti: .

Telefon: +998 (69) 234-35-39

E-mail:






Kafedra  tarixi va faoliyati
Mashinasozlik texnologiyasi mutaxasisligiga 1980-81 o’quv yilidan boshlab talabalar birinchi bor qabul qilingan. U vaqtda bizning institut Toshkent politexnika institutining Namangan filiali bo’lib xisoblangan. Mashinasozlik texnologiyasi mutaxasisligi talabalari 1980-85 yillar davomida Namangan filialida moddiy texnika va labaratoriya jixozlari yetarli darajada bo’lmaganligi sababli mashg’ulotlarini o’tkazishda, yozgi amaliyotni bajarishda TashPI "Mashinasozlik" kafedrasining bevosita yordamida va ularning bazaviy labaratoriyalaridan foydalanilar edi. Moskva, Toshkent, Minsk, Ijevsk va boshqa mashinasozlik sanoati rivojlangan yirik shaxarlarda amaliyot o’tkazilib kelingan.
1985 yilga kelib mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha talabalar o’qishni bitirish yili arafasida TashPI rektori buyrug’iga asosan "Mashinasozlik texnologiyasi" kafedrasi tashkil qilindi.
1985-1986 yillarda kafedra mudiri bo’lib dotsent, t.f.n.X.Siddiqov ishlagan.1986-1998 yillar davomida kafedraga t.f.n. "Xizmat ko’rsatgan dotsent" A.Y.Omirov rahbarlik qildi. Shu yillar davomida kafedraning moddiy-texnika bazasi keskin rivojlandi, jumladan labaratoriyaga sonli dastur bilan boshqariladigan yarim avtomatlar, universal va maxsus dastgoxlar, sanoat robotlari ishlab chiqarish korxonalari yordami va xamkorligi asosida o’rnatildi. Insitut faoliyatining muayyan bir davrlarida kafedra institutdagi yetakchi kafedralardan biri bo’lib, yiliga 150 dan ortiq mutaxassislar tayyorlab bergan.
1989 yilda kafedra Namangan shaxridagi Do’stlik ko’chasidagi yangi binoga ko’chib o’tdi va shu vaqtdan boshlab, uning moddiy texnika bazasini yaratish imkoniyati yanada oshdi. Bunda kafedra mudiri dots. A.Y.Omirov, dots X.G.Soliyev va shu vaqtda kafedrada faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchi va texnik xodimlarning mexnatlarini alohida ehtirof etish kerak. Xozirgi davrda kafedra kabinet-labarotoriyalari zamonaviy sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar, sanoat robotlari va EXT bilan jihozlangan. Kafedrada o’tiladigan fanlar bo’yicha mahsuslashtirilgan xonalar mavjud bo’lib, ular yetarli darajada ko’rgazmali qurollar, o’qitishning texnik vositalari, asbob va uskunalar bilan jihozlangan.
Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi tashkil etilgan 1981 yildan to 2003 yilga qadar xalq xo’jaligiga 1500 dan ziyod yuqori malakali mashinasozlik texnologiyasi muhandislarini tayyorlab berdi. Ularning ko’pchiligi Respublikamizdagi va shuningdek MDX davlatlaridagi mashinasozlik korxonalarida rahbar va yetakchi mutaxasis lovozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Bir qator kadrlarimiz Davlat boshqaruv tizimida, ko’shma korxonalarda muvaffaqiyatli ish olib bormoqdalar.
1998 yil aprel oyidan boshlab kafedra mudiri bo’lib t.f.n. M.Meliboyev ishlagan.
2000 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra mudiri bo’lib t.f.n. A.Qayumov ishlab kelmoqda.
2002 yil sentyabr oyidan NamMPI rektorining buyrug’iga asosan kafedra negizida 2 ta yo’nalish bo’yicha kafedralar tashkil qilindi, yahni "Mashinasozlik texnologiyasi" va "Texnologik mashinalar va jihozlar".

Kafedra o’z faoliyatini mintaqamizda joylashgan ilg’or mashinasozlik korxonalari bilan bevosita bog’langan holda olib bormoqda, shu jumladan: Namangan mashinasozlik xissadorlik zavodi, O’z NPO "Elektroterm" birlashgan korxonasi, Avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish uskunalai zavodi, Farg’ona va Andijon mexanika zavodlari va boshqalari.  
"Mashinasozlik texnologiyasi" kafedrasini tamomlagan mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi va chet el mamlakatlarida joylashgan korxonalarda yetakchi mutaxassis va rahbar lavozimlarida faoliyat ko’rsatishmoqda.
Institut rektorining 2013 yil 22 noyabrdagi №151-u sonli buyrug’iga asosan “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi nomi “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish” nomiga o’zgartirildi.
Hozirda kafedra mudiri A.Xabibullayev rahbarligida dotsentlar: A.Botirov,  katta o’qituvchilar: A.Xaydarov, SH.Bekmirzayev, B.Nishonov, Begmatov.D, Tadaeva.E  assistentlar: M.Davronova, B.Karimov, O.Mamatraximov, M.Ubaydullayev, N.Saidmaxamadovlar, Qosimov.X, Abdunazarov E, Mansurov.M  faoliyat yuritmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari

  1.  Imomqulov Qutbiddin - kafedra mudiri
  2.   Botirov Abdusattor Gapparovich - t.f.n. dotsent
  3.   Kenjaboyev Shukurjon Sharipovich – t.f.n dotsent
  4.   Bekmirzayev Shuxrat Bekmirzayevich - katta o'qituvchi
  5.   Nishonov Botir Muxammadjonovich - katta o'qituvchi
  6.   Begmatov Dilmurod Karimjonovich - katta o’qituvchi
  7.   Xaydarov Axmadjon Qambarovich - katta o'qituvchi
  8.   Tadaeva  Elena Vladimrovna – katta o’qituvchi
  9.    Karimov Boxodir Yusufjanovich - assistent
  10.   Mamatraximov Olmosbek Abdusalomovich – assistant
  11.   Qosimov Husan Haydarovich - assitent  
  12.   Saidmaxamadov Nosirxon Mo’ysinaliyevich - assistent
  13.   Davronova Muxayyo Usubjanovna – assistant
  14.   Abdunazarov Elbek –assistant
  15.   Mahmudov Mansurjon – assistant


Kafedra bakalavriat ta'lim yo’nalishi:
• 5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar

Ish nomi: “Mexanik yig'uv tsexlarini loyihalash” fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Mualliflar: t.f.n. Botirov A., t.f.n. Fayziyev G'.
Ish nomi: “Texnologik uskunalarni loyihalash” fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Mualliflar: t.f.n. dots Qodirov B., t.f.n. dots. Botirov A.
Ish nomi: “Konstruktsion materiallar texnologiyasi” fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Mualliflar: kat.o’q. Bekmirzayev SH., kat.o’q. Nishonov B.
Ish nomi: “Bolg’alash va shtamplash zagotovkalarini ishlab chiqarish va loyixalash” fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Mualliflar: t.f.n. dots. Kenjaboyev, kat.o’q. Bekmirzayev SH.
Ish nomi: “Tribotexnika” fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Mualliflar: t.f.n. dots. Kenjaboyev, kat.o’q. Bekmirzayev SH.
Ish nomi: “Mashinasozlik texnologiyasi” fanidan o’quv-uslubiy majmua.
Mualliflar: t.f.n. dots. Omirov A., kat.o’q. Xaydarov A.

Kafedraning tashqi aloqalari Kafedraning KHKlar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlari

“Mashinasozlik texnologiyasi mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish”  kafedrasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh: kafedra mudiri dots A.Xabibullayev,  dots.A.Botirov, va Sh.Bekmirzayevlar tomonidan  Namangan sanoat KHK, To’raqo’rg'on pedagogika KHK  quyidagi amaliy-uslubiy yordam ko’rsatib kelindi. 

Biriktirilgan Namangan sanoat va kasb-hunar kollejlarida dars jadvali sifati, unga amal qilinishi,dars davomati, o’quv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda ta'lim vositalaridan foydalanishning ta'minlanishi bo’yicha amaliy-uslubiy yordam ko’rsatildi.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bitiruvchi talabalarga diplom taqdimoti

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi