| | |

JISMONIY TARBIYA VA SPORT

Maqulov Shuxrat Zokirovich

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00..

Telefon: +998 90 740-11-12

E-mail: maqulovsh1969@gmail.com







1969 yil 1 sentyabrda Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi Tergachi qishlog’ida tug`ilgan. Kosonsoy tumanidagi 28-o`rta maktabni imtiyozli tamomlab, shu yili Namangan Davlat Pedogogika institutining Jismoniy tarbiya fakultetiga qabul qilindi 1991 yil institutni tugatgach, ish faoliyatini kosonsoy tumanidagi 28-o’rta maktabda Jismoniy tarbiya o’qituvchisi lavozimida boshlagan

1998 yildan institutda faoliyat olib bormoqda. Jismoniy madaniyat kafedrasi lobaranti, assistenti, shu kafedraning kafedrasi katta o`qituvchisi va kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedra haqida

Kafedra 1985 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshlagan. “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi institutning barcha bakalavr yo’nalishlari talabalariga jismoniy tarbiya fanidan o’quv mashg’ulotlari olib boradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni samarali ravishda amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ularni barkamol insonlar etib tarbiyalash kafedraning asosiy vazifalaridandir. Kafedra tasarrufida 2 ta 36x18 metrli sport zallar, yozgi voleybol, kichik futbol, basketbol, qo’l to’pi, tennis maydonlari majud bo’lib ular ko’rgazmali qurollar, jismoniy tarbiya jixozlari bilan zamon talablariga mos xolda jixozlangan.

Kafedra tarkibi


Maqulov Shuxratjon Zokirovich

maqulovsh1969@gmail.com

“Jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi: Ushbu kafedrada 1998 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat pedagogika institutining jismoniy tarbiya fakultetini jismoniy tarbiya ixtisosligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy - uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Voleybol srort turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.




Satimov Azamjon

satimov8183@umail.uz

Institutda 2005 yildan Valeologiya fani bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Andijon meditsina institutini tamomlagan. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.






Ortiqov Umidjon Xudoyberdiyevich

umidjonortiqov06@gmail.com

Institutda 2005 yildan Valeologiya fani bo’yicha faoliyat olib bormoqda. Andijon meditsina institutini tamomlagan. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.






Jo’rayev Erkinjon Voitjon o’g’li

erkin0785namqi@gmail.com

Institutda 2013 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Kurash sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.






Azizov Marufxon Axmatxonovich

maruf4131@umail.uz

Institutda 2013 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Kurash sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.






Maxmudov Nurilla Normirza o’g’li.

nurillo1212@umail.uz

Institutda 2016 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universiteti “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” fakulteti bakalavr hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Futbol sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod.






Kafedraning faoliyati

Kafedrada o'qitiladigan fanlar: Jismoniy tarbiya va sport (valeologiya asoslari) Bakalavriat I-II- semestrlar.

Kafedra ilmiy ishlari

«Jismoniy madaniyat» kafedrasi professor - o’qituvchilari tomonidan bakalavriat yo’nalishi bo’yicha kunduzgi bo’limning barcha fakul’tetlaridagi  1-2 kurslarida Jismoniy madaniyat va sport fanidan o’quv – amaliy mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedrada barcha sohfdagi ishlar kafedraning yillik rejasi asosida amalga oshirib boriladi:

Kafedrada sog’lom ijtimoiy - psixologik muxitning shakllantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Kafedra mudiri tomonidan jamoaning ijtimoiy xolati muntazam o’rganib boriladi. Ilg’or xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishga bildirishnomalar bilan raxbariyatga murojat etiladi.

Kafedra o’qituvchilari oliy ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, talabalarga amaliy mashg’ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan xolda olib borishmoqda.

Kafedraning malakali o’qituvchilari yosh pedagoglarga amaliy mashg’ulotlar olib borishning o’ziga xos jihat va xususiyatlarini seminar suhbat shaklida o’rgatib bormoqdalar. Jismoniy tarbiya va sport fani bo’yicha mashg’ulotlar olib borishning ilg’or usullarini qo’llab jismoniy tarbiya va sportning eng yangi ma’lumotlarini o’quv mashg’ulotlari jarayonida talabalarga yetkazib borishmoqda. Kafedra o’qituvchilari tomonidan xozirgacha 60 dan ortiq o’quv uslubiy ko’rsatmalar tayyorlandi. Respublika miqiyosidagi Ilmiy amaliy konferentsiyalarda faol qatnashib kelmoqdalar.

Kafedrada sportning voleybol, futbol, stol tennisi, kurash, og’ir atletika, shaxmat - shashka sport to’garaklari doimiy faoliyat olib bormoqda. Sport to’garaklarida shug’ullanayotgan talabalar o’z sport turlari bo’yicha viloyat, Respublika miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirok etib faxrli o’rinlarga sazavor bulmoqdalar.

Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi sport to’garaklari faoliyati jadvali

  1. Voleybol Maqulov Shuxratjon - (Qizlar). Dushanba, chorshanba, juma 1-sport zal.
  2. Voleybol Sharipov Avazbek - (o’g’il). Dushanba, chorshanba, juma 1-sport zal.
  3.  Stol tennisi Jo’rayev Erkin - (o’g’il,qiz). Dushanba, chorshanba, juma 1-sport zal.

4. Og’ir atletika Ismoilov Abror – Seshanba, payshanba 2-sport zal og’ir at.xonasi.

5. Kurash Azizov Mahrufjon - Dushanba, chorshanba, juma 1-sport zal kurash xonasi.

6. Shaxmat SatimovAzamjon - (o’g’il,qiz). Dushanba, chorshanba, juma 2-sport zal shaxmat xonasi.

7. Futzal Ortiqov Umidjon - Dushanba, chorshanba, juma 2-sport zal.

8. Futbol Maxmudov Nurillo- Dushanba, chorshanba, juma 2-sport zal.

Institutning “Parvoz - NamMQI” voleybol jamoasi talabalar o’rtasida o’tkazib kelinayotgan O’zbekiston Chempionati, Oliy liga musobaqalarida qatnashib nafaqat institutimiz balki viloyatimiz sharafini munosib ximoya qilmoqda. Institu sportchi talabalari Respublika “Universiada” musobaqalarining faol ishtirokchisi va sovrindorlaridir.

“Jismoniy madaniyat” kafedrasi Namangan muhandislik-qurilish institutining barcha yo’nalishlardagi talabalari o’rtasida sport turlarini yanada ommaviyligini oshirish, ayniqsa yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish barkamol avlod tarbiyasiga o’z hissasini qo’shish borasida quyidagi ishlarni amalga oshirdi.

Hozirgi kunda kafedra tasarrufida jami 2 ta sport zallar, yozgi sport maydonlar, va ularda tashkil etilgan sport seksiyalarida 590 nafardan ortiq talaba sportchilar sportning voleybol, futbol, kichik futbol, stol tennisi, atletizm, kurash, shaxmat-shashka kabi turlari bilan muntazam shug’ullanmoqdalar. Xozirgi kunda sport to’garaklariga jalb etilgan 490 nafardan 211 nafarini qizlarni tashkil etadi. Kafedrada jami 8 nafar murabbiy faoliyat ko’rsatmoqda. Murabbiylarning barchasi oliy ma’lumotga ega, jismoniy tarbiya mutaxassisi va o’z sport turi bo’yicha sport ustaligiga nomzod murabbiylardir. O’tgan 2018 yilning shu oyiga qadar 140 nafar ommaviy, 25 nafar 1-razryad, 15 nafardan ortiq sport ustaligiga nomzod sportchilar tayyorlandi.

2017 yil 04-07 dekabr kunlari Namangan Muhandislik qurilish instituti sport zalida Oliy ta’lim talabalari o’rtasida “Talaba kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu nufuzli musobaqaga viloyat xokimligining tadbirlar rejasi tuzildi. Musobaqani o’tkazishda tadbirlar rejasida belgilangan  barcha vazifalar amalga oshirildi. Musobaqa ko’tarinki ruhda o’tdi. Bo’lib o’tgan musobaqada “Parvoz NamMQI” jamoasi ishtirok etib faxrli birinchi o’rinni egallashdi.

2017 yil 20-24 dekabr kunlari Jizzax shaxrida Oliy ta’lim talabalari o’rtasida “Talaba kubogi” musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada jami 10 nafar jamoa ishtirok etdi. Namangan Muhandislik qurilish institutining “Parvoz-NamMQI” voleybol terma jamoasi fahrli birinchi o’rinni egalladi.

2018 yil 12-19 fevral kunlari Toshkent shaxrida Oliy ta’lim talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Talabalar ligasi” musobaqasi bo’lib o’tdi. Musobaqada jami 16 nafar jamoa ishtirok etib, umumjamoa xisobida 4-o’rinni egallashdi.

Institutning “Parvoz NamMQI” jamoasi 2018 yil mart oyida Yangiqo’rg’on tumanida o’tkazilgan voleybol sport turi bo’yicha Xalqaro turnirda ishtirok etib, 16 ta jamoa o’rasida faxrli birinchi o’rinni egallashdi.

2018 yil 25-28 may kunlari Samarqand shaxrida Oliy ta’lim talabalari o’rtasida “Talaba Sport xaftaligi” doirasida o’tkazilgan musobaqada ishtirok etgan “Parvoz NamMQI” jamoasi faxrli ikkinchi o’rinni egallashdi.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi