| | |

PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Boltayeva Muxayyo Lutfillayevna

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00..

Telefon: +998 90 278-68-92

E-mail: mboltayeva@mail.uz







“Pedagogika va pedagogik texnologiyalar” kafedrasi Namangan muhandislik-pedagogika instituti rektorining 1998 yil 21 aprelda chiqqan 110-U sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan va kafedra o‘sha yilning 1 sentyabridan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraga dastlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent N. Muhiddinov (1998-1999 yy.), keyin pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.T.Turg‘unov (1999-2000 yy.), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent I.Rahimov (2000-2006 yy.) hamda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent SH. Qodirov (2006 -2008 yy.), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent SH.Abduraxmanov (2008-2009), pedagogika fanlari doktori, professor S.T.Turg‘unov (2010-2011) lar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Xamraqulov va fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Ataxo‘jaev mudir etib tayinlanishgan.
2013 yilning 18 noyabridan boshlab, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.L.Boltaeva mudirlik qilib kelmoqda.

Boltaeva Muxayyo Lutfillaevna

Kafedra mudiri dotsent, pedagogika fanlari nomzodi.





SHodmanov Qodirjon Odilxanovich

Dotsent, pedagogika fanlari nomzodi





Ma'murova Feruza Tojimatovna

O‘qituvchi





Abduazizova Veronika Vadimovna

Katta o‘qituvchi





Po‘latova Nozima Ravshanovna

O‘qituvchi




Kafedraning ilmiy salohiyati (40%)
Dotsentlar - 2 nafar
O`qituvchilar - 3 nafar
Texnik xodim - 1 nafar
O’quv-uslubiy ishlar
Kafedrada doimiy ravishda Pedagogika. Psixologiya, Kasbiy psixologiya, Ta'lim texnologiyalari, Kasb ta'limi metodikasi, Kasbiy pedagogika va boshqa fanlar bo’yicha darsliklar, o`quv qo’llanmalar, o`quv-uslubiy majmualar, uslubiy qo’llanmalar, uslubiy ko`rsatmalar tayyorlash bo`yicha muntazam ishlar olib borilmoqda.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy - tadqiqot ishlari
Kafedradagi ilmiy-pedagogik salohiyatning o‘sishida, o‘z paytida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A. Burhonov (1934 – 2005 yy.), dotsent Q. Ishmatov (1946 – 2008 yy.) va pedagogika fanlari nomzodi, dotsent SH. Qodirov (1948 – 2008 yy.), pedagogika fanlari doktori, professor S.T.Turg‘unov (1965y.) lar sezilarli hissa qo‘shishgan. Hozirda esa kafedraning ilmiy salohiyatini yanada oshirish maqsadida yosh professor-o‘qituvchilar mustaqil tarzda ilmiy izlanishlarni olib borishmoqda. Kafedraning katta o‘qituvchisi V.Abduazizova “Teoriya i praktika podgotovki budushix injener-pedagogov k pedagogicheskomu tvorchestvu” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini Kori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fani ilmiy tadqiqot instituti xuzuridagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda ximoyasiga tayyorlanmoqda. SHuningdek, kafedraning quyidagi professor-o‘qituvchilari pedagogika fanlari ilmiy darajasi uchun o‘z mavzulari bo‘yicha dissertatsion tadqiqot ishlarini mustaqil olib bormoqdalar.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar kafedraning asosiy faoliyat yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Kafedra bu yo`nalishda samarali faoliyat olib borishi uchun o`z rejasini ishlab chiqqan va bu reja asosida muntazam ishlar olib boriladi. Xususan karedra tasarrufidagi akademik guruhlarda muntazam ravishda ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va xalqaro maydondagi vaziyatni mustaqil baholay oladigan va o`z fikrini to`g`ri bayon eta oladigan komil inson-etuk mutaxassis tayyorlash kafedra jamoasining bosh maqsadi hisoblanadi.
Bu yo`nalishda kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan akademik guruhlar o`rtasida turli uchrashuvlar, ekskursiyalar va madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etish orqali ularning jamiyatning faol bo`g`ini sifatida ishtirokini ta`minlash tuyg`usini shakllantirishga alohida e`tibor qaratib kelinmoqda.



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi