| | |

AVTOMOBIL YO’LLARI VA AERODROMLAR

Inoyatov Qaxramon Muydinovich

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00..

Telefon: +998 94 304-54-29

E-mail: ilm1978@umail.uz







1978 yil 2 martda Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi Qayqi qishlog’ida tug`ilgan. 1995-1999 yillar davomida Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamolagan. shu yili Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistratura bo’limiga qabul qilindi va 2001 yili tamomlab, ish faoliyatini Namangan muhandislik-pedagogika instituti transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash kafedrasi assistenti lavozimida boshlagan. 2005-2007 yillari Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Fan va taraqqiyot ilmiy-texnologik kompleksi aspiranti, 2008-2011 yillari Namangan muhandislik-pedagogika instituti transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash kafedrasi katta o’qituvchisi, 2012-2015 yillari Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi Fan va taraqqiyot davlat unitar korxonasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi bo’lgan va 2015 yildan institut muhandislik-texnika fakulьteti dekani muovini, mashinasozlik texnologiyasi, jihozlash va avtomatlashtirish kafedrasi mudiri hamda institut o’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017 yildan Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuk¬sak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

SH.Mirziyoev

Kafedra 2017 yil 24 avgustda tasdiqlangan Namangan muhandislik-qurilish instituti fakultetlar va kafedralar tashkiliy tuzilmasiga va institut ilmiy kengashining 2017 yil 28 sentyabrdagi 3-sonli Ilmiy kengash qaroriga muvofiq “Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi tarkibidan ajratilib, yangi “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi institut rektorining 2017 yil 3 oktyabrdagi 265-u sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan. 2017-2018 o’quv yilida kafedraning umumiy shtat birligi 7,5 bo’lib, asosiy shtatda 8 nafar, o’rindoshlik asosida 2 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bordi, jumladan 4 nafar fan nomzodlari va dotsentlar. Ilmiy salohiyat 50 %, kafedra professor-o’qituvchilarinig o’rtacha yoshi 45 yosh, shu jumladan fan nomzodlarining o’rtacha yoshi: 51 yoshni tashkil etadi.
2018-2019 o’quv yilida kafedraning umumiy shtat birligi 9,75 bo’lib, asosiy shtatda 8 nafar, o’rindoshlik asosida 4 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tarkibi:

Inoyatov Qaxramon Muydinovich

Lavozimi: kafedra mudiri, 2017 yil 3 oktyabrdan.

Tug’ilgan yili: 02.03.1978

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, Uchqo’rg’on tumani

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 1999 y. Namangan muhandislik-pedagogika  instituti (kunduzgi),

                          2001 y. Namangan muhandislik-pedagogika instituti (magistratura)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: yo’l xarakati xavfsizligi va uni tashkili

Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi

Elektron manzil: ilm1978@umail.uz, ilm1978@mail.ru

 Tel:+99897 250 54 29 

 

Axmedov Rahmonjon Mamadjonovich

Lavozimi:dotsent

Tug’ilgan yili: 04.03.1957

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, CHust shahri

Millati: tojik

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 1980 y. Tojikiston politexnika instituti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: avtomobil yo’llari

Ilmiy darajasi: iqtisod fanlari nomzodi

Elektron manzil: raxmonjon_axmedov@umail.uz

 Tel: +998973737248

 

Dadaxodjaev Anvarjon

Lavozimi: dotsent

Tug’ilgan yili: 29.08.1952

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, Namangan shahri

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 1975 y. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti       (kunduzgi)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: yer tuzuvchi

Ilmiy darajasi: qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi

Elektron manzil: anvarxoja-52@inbox.uz

 Tel: +9989972507549

 

Saydazimov Nosirjon Tursunovich

Lavozimi: katta o’qituvchi

Tug’ilgan yili: 23.02.1964

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, CHortoq tumani

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 1986 y. Toshkent temir yo’l muhandislari instituti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: yo’l qurilishi muhandisi

Ilmiy darajasi: yo’q

Elektron manzil: nsaydazimov@umail.uz

 Tel: +998993911964

 

Mamadjanov Ma’ruf Maxmudjanovich

Lavozimi: katta o’qituvchi

Tug’ilgan yili: 11.06.1967

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati, Namangan shahri

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 1991 y. Namangan sanoat-texnologiya institu (kunduzgi)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: qishloq ho’jaligi qurilishi

Ilmiy darajasi: yo’q

Elektron manzil: marifxon@inbox.uz

Tel: +998907416530

 

Mamadaliev Islom Raximjonovich

Lavozimi: o’qituvchi

Tug’ilgan yili: 12.02.1987

Tug’ilgan joyi: Namangan  viloyati, To’raqo’rg’on tumani

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 2012 y. Namangan muhandislik-pedagogika  instituti (kunduzgi),

                          2014 y. Namangan muhandislik-pedagogika instituti (magistratura)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi

Ilmiy darajasi: yo’q

Elektron manzil: islom_beek@mail.ru

Tel: +998993948548

 

Abdurazaqov Mirzoxid Abduraxmonxujaevich

Lavozimi: stajyor o’qituvchi

Tug’ilgan yili: 15.12.1989

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati Uychi tumani

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 2014 y. Namangan muhandislik-pedagogika  instituti (kunduzgi),

                          2017 y. Namangan muhandislik-pedagogika instituti (magistratura)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: yer usti transport vositalari va tizimlari (yo’l qurilish     mashinalari)

Ilmiy darajasi: yo’q

Elektron manzil:

 Tel: +9989 75912629

 

Maxkamov Dilshod Ismatillaevich

Lavozimi: katta o’qituvchi

Tug’ilgan yili: 16.04.1984

Tug’ilgan joyi: Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani

Millati: o’zbek

Ma’lumoti: oliy         

 Tamomlagan: 2006 y. Namangan muhandislik-pedagogika  instituti (kunduzgi),

                          2008 y. Namangan muhandislik-pedagogika instituti (magistratura)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi: transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash

Ilmiy darajasi: texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

Elektron manzil: dm1684@mail.ru

 Tel: +998973759801



Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasi:
5340800 - Avtomobil yo’llari va aerodromlar ta’lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi va sirtqi bo’limlarda bakalavrlar tayyorlaydi.

Kafedraning o’quv ishlari 
Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasida o’qitiladigan fanlar:

  1. Avtomobil yo’llarini loyihalash
  2. Avtomobil yo’llarini jixozlash
  3. Avtomobil yo’llarini avtomatlashtirilgan loyihalash
  4. Avtomobil yo’llarini qurish texnologiyalari va uni tashkil etish
  5. Avtomobil yo’llarini smeta-loyiha xujjatlari
  6. Avtomobil yo’llarini sifatini nazorat qilish
  7. Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya qilish
  8. Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish
  9. Avtomobil yo’llarini rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari
  10. Ilmiy tadqiqot asoslari
  11. Injenerlik geodeziyasi
  12. Yo’l inshootlari arxitekturasi
  13.  Yo’l qurilish mashinalari va jihozlari
  14. Yo’l qurilish materiallari
  15. Yo’l xo’jaligining ishlab chiqarish korxonalari va bazalari
  16. Ko’priklarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish
  17. Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati
  18. Muhandislik geodeziyasi
  19. Muhandislik gidrologiyasi va gidrometriyasi
  20. Transport tonnellarini loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish
  21. SHahar yo’llari va ko’chalari

Kafedra ilmiy ishlari

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 3 ta monogrfiya, 2 ta o’quv qo’llanmalar, 3 ixtirolarga mualliflik guvoxnomalari olingan, bir necha yuz respublikamiz va chet el jurnallarida maqollar chop etilgan. 2017 yildan boshlab Fan va rivojlantirish markazi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan 1 ta Davlat granti (I-OT-2017-5-7, 50 mln.so’m) bajarilmoqda.  Kafedra professor-o’qituvchilarini olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha 2016-2017 yillarda 20 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha “Innovatsion” ko’rgazmalarda 1 ta ishlanma bilan ishtirok etildi.

SHuningdek hozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilari Asfal’tobeton qoplamalarini ishlash muddatini uzaytirish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 

Kafedraning o’zaro hamkorlik faoliyati. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustivor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy mag’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo’yicha kafedra quyidagi korxonalar bilan hamkorlik faoliyatini amalga oshirmoqdalar.

• Namangan viloyati Avtomobil yo’llari xududiy bosh boshqarmasi
• Andijon viloyati Avtomobil yo’llari xududiy bosh boshqarmasi
• Farg’ona viloyati Avtomobil yo’llari xududiy bosh boshqarmasi
• Avtomobil yo’llari ilmiy-tadqiqot instituti
• "Namangan yo’l xo’jaligi xodimlari malakasini oshirish o’quv markazi" unitar korxonasi
• "Namanganyo’lloyiha" MCHJ



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi