| | |

QURILISH ARXITEKTURASI

Xamrakulov Abduraxmat Karimovich

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00..

Telefon: +998 97 230-10-64

E-mail: hamkarab@inbox.uz







 

1964 yil 29 martda Namangan viloyati Norin tumanida tavallud topgan. O’zbek, oilali, partiyasiz, 3 nafar farzandi bor. 1981 yilda Namangan viloyati Norin tumanidagi 6 –o’rta maktabni tugatgan. 1982 yilda Toshkent politexnika institutiga o’qishga kirib, mashinasozlik texnologiyasi, metall qirquvchi dastgohlar va asbob uskunalar mutaxassisligini 1989 yilda tugatib injener mexanik kvalifikatsiyasini oldi. 1981 – 1992 yillarda Toshkent politexnika institutining mashinasozlik texnologiyasi kafedrasida assistent, 1993-1997 yillarda Hakulobod shahar bolalar va o’smirlar ijlodiyoti markazida to’garak rahbari, 1997-2000 yillarda Norin tuman Hokimligining mehnat bo’limida sho’ba mudiri, 2000-2003 yilgacha Norin qishloq xo’jalik kasb – o’unar kollejida o’qituvchi, 2003 yildan Namangan muhandislik qurilish instituti (Namangan muhandislik – pedagogika instituti)da assistent, katta o’qituvchi va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan. 2018 yildan “Qurilish arxitektura” kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
A.K.Xamrakulov 2009 yilda 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha “Chizma geometriyani o’qitishda komp’yuter texnolgiyalarini qo’llash (Chizma geometriya va muhandislik grafikasi misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’ldi.



Kafedra haqida Qurilish arxitektura kafedrasi institut rektorining 2018 yil 25 iyuldagi 163 – u sonli buyrug’i asosida “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi negizida tashkil etildi. Kafedraga p.f.n. A.K.Xamrakulov mudir etib tayinlandi.
Kafedrada jami bo’lib 16 nafar professor- o’qituvchilar shu jumladan: 4 nafar fan nomzodi va dotsent, 6 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar o’qituvchi va 3 nafar stajyor o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqdalar. Kafedrada quyidagi ta’lim yo’nalishi bakalavrlari tayyorlanadi: 5341000- Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish ta’lim yo’nalishi.

 

Shuningdek kafedrada Chizma geometriya va muhandislik grafikasi, muhandislik grafikasi va kompьyuterli loyihalash fanlari o’qitiladi.
Kafedrada shu kunga qadar dots. SH, Abduraxmanov tomonidan 1 ta darslik, 3 ta monografiya, dots. K.Madumarov tomonidan kasb – hunar kollejlari uchun 1 ta o’quv qo’llanma, G,Tubaev va A.Qahharovlar tomonidan 1 ta o’quv qo’llanma chop etilgan.
Kafedra professor – o’qituvchilari tomonidan 50 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar chop etilgan. Jumladan A.Xamrakulov tomonidan “Chizma geometriyadan masalalar ishlash uchun elektron uslubiy ko’rsatma” ishlab chiqilgan bo’lib, o’quv jarayonlarida samarali qo’llanilib kelmoqda.
Kafedrada hozirgi kunda PZ-2070925154 “O’zbekistonning qadimiy tmonumental sa’nat asarlariga munosib nomlar qo’yish, asl ko’rinishini grafik hamda kompьyuter grafikasida qayd qilish” mavzusida amaliy loyiha bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Dots., p.f.n.SH.Abduraxmanov rahbarligida loyiha ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha ishida 3 nafar dotsent, 1 nafar katta o’qituvchi, 1 nafar stajyor – o’qituvchi va 1 nafar talaba ishtirok etmoqda. Kafedrada jami bo’lib 16 nafar professor- o’qituvchilar shu jumladan: 4 fan nomzodi va dotsent, 6 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar o’qituvchi va 3 nafar stajyor o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqdalar.

KAFEDRA TARKIBI

Xamrakulov Abduraxmat Karimovich

E-mail: hamkarab_a@mail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi mudiri.Pedagogika fanlari nomzodi. Kafedrada 2018 yildan faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 50 dan ortiq ilmiy-ishlar, jumladan, 10 dan ortiq xorijiy maqola, OAK ro`yxatidagi jurnallarda 10 maqola va xalqaro va respublika ilmiy amaliy konferensiyalarda 30 dan ortiq tezislar va chizma geometrya va muhandislik grafikasi bo'yicha 10 ta ilmiy uslubiy ishlar muallifi.





Abduraxmanov Sherzod

E-mail: ascher47@mail.ru

“Qurilish arxitektura” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, Turon fanlari akademiyasi akademigi. Institutda 1979 yildan beri ilmiy- pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. 1980-1995 yillarda “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. 1-ta darslik, 2-ta o’quv qo’llanma, 4-ta monografiya, 1-ta ixtiro, 150 dan ortiq chop etilgan ilmiy maqollalar muallifi. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutini tamomlagan. Keyingi yillarda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan amaliy loyihaga rahbarlik qilib kelmoqda.



Madumarov Komil Xamitovich

E-mail: Madumarov Komil Xamitovich

“Qurilish arxitektura” kafedrasi dotsenti. Institutda 1981 yildan faoliyat olib bormoqda. 1981 yil Toshkent Politexnika Institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Texnik chimachilik qollanmasi o’qituvchi nashriyotida 8 marotaba nashir etildi. 2014 yilda ushbu kitob Respublika eng yaxshi qo’lanma sifatida tan olingan.





Buzrukov Zakriyo Sattixojayevich

E-mail: buzrukov69@umail.uz

“Qurilish-arxitektura” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi. 1984 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Institutda 2018 yildan beri ilmiy- pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Z.Buzrukov tomonidan 1 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma chop ettirilgan va y 120 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifidir.








Yakubjanov Ilxom Inamdjanovich

E-mail: ilhom@umail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Gorkiy shaxridagi surilish muhandislik Institutining tamomlagan. 16 dan ortiq ilmiy maqolava tezislar, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. 20 dan ziyod video darsliklar muallifi. Arxitektura tarixi fanidan: San’at tarixi, Arxitektura tarixi, Shaxarsozlik tarixi va O’rta osiyo arxitektura tarixi bo’limlariga o’quv-uslubiy majmualar yaratgan.





Mirzajanov Baxodir Mirzaraxmatovich

E-mail: mirzajonov@umail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent texnika institutini tamomlagan. 20 dan ortiq ilmiy maqolava tezislar, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.









Dadaboev Adxam Umaraliyevich

E-mail: dadaboyev@umail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent arxitektura qurilish institutini tamomlagan. 10 dan ortiq uslubiy ko’rsatmlar, 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan.







Tursunov Shavkat Sharibjanovich

E-mail: sabtj1975@umail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2014 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat Universitetini tamomlagan. 35 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 8 ta uquv-uslubiy qullanma, 8 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 1 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, 2 ta xalqaro simpoziumlardagi maqolalar, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi. 50 dan ortiq grafika va rangtasvir asarlari muallifidir.





Mahkamov G’ulomjon Usmonjonovich

E-mail: ARSMGU8682@umail.uz

Qurilish arxitektura” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. 20 dan ortiq ilmiy maqolava tezislar, jumladan 4 ta horijiy ilmiy jurnallardagi, 1 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar 10 ga yaqin o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi






Qahharov Abduraxim Abdubannaevich

E-mail: a.a.qahharov@umail.uz

Qurilish arxitektura” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2008 yildan faoliyat olib bormoqda.Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. 1 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya 40 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosida ilmiy maqola, tezislar hamda o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.







Xamzaev Asrorxon Akmalxanovich

E-mail: asrorhon1983@umail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2012 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Jumladan 1-ta monografiya, 15-xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilgan. Xozirda texnika fanlari doktori, professor N.G.Bayboboev rahbarligida 05.07.01-Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishalrini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo’yicha “Topinamburning fizik-mexanik xususiyatlariga asosan kovlagichning elastik barmoqli barabanining parametrlarini asoslash” mavzusida doktorlik (PhD) ishi olib bormoqda.



Adilov Zafar Ravshanovich

E-mail: zafarjon1986@umail.uz

Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2018 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Muhandislik Pedagogika instituteni tamomlagan. 10 dan ortiq ilmiy maqola, tezisva o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.









Umataliev Muxtor Abduraximovich

E-mail: muxtorjon1975@umail.uz

Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2001 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan Davlat univresitetini tamomlagan. 30 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.







To’raev Nosir Sobirjanovich

E-mail: turayevnosirjon@gmail.com

Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2014 yil kabinet mudiri ish faoliyatini boshlagan 2017 yildan o’qituvchilik lavozimida faoliyat olib bormoqda. Namangan Muhandislik Pedagogika institutini tamomlagan.. 20 dan ortiq ilmiy maqola, tezisva o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Xozirda MV-ITEX-2018-30 - “Tuproqqa ekish oldidan ishlov beruvchi xamda mayda urug’li ekinlarni ekuvchi kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqarish va sinovdan o’tkazish” mavzusidagi innovatsion loyixdsida kichik ilmiy xodim vazifasida ishlab kelmoqda.



Sharipjanov Muhiddin Shokirjon o’g’li

E-mail: hamkarab_a@mail.uz

“Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2014 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.









Xomidov Oybek Umarjon o’g’li

E-mail: Khamidov.010@mail.ru

“Qurilish arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi. institutda 2015 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. 16 dan ortiq ilmiy maqolava tezislar, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. 20 dan ziyod video darsliklar muallifi. Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari, Arxitekturaviy loyihalash fanlaridan o’quv-uslubiy majmualar yaratgan.





Kafedra faoliyati

Bugungi kunda “Qurilish arxitektara” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar bo’yicha ma’ruza, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlari olib borilmoqda:

 

I. Uzluksiz ta’limning bakalavriatura bosqichida:

  1. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi
  2. Chizma geometriya va kompyuetrli loyihalash
  3. Qalamtasvir, rangtasvir va xaykaltaroshlik
  4. Tasviriy san’atda kompozitsiya
  5. Arxitekturaviy loyihalash
  6. Arxitekturaviy kompozitsiya va loyuhalash asos`lari
  7. Arxitektura tarixi
  8. Arxitekturaviy grafika
  9. Shaharsozlik va landshaft dizayn
  10. San’at arxitektura va shaharsozlik tarixi
  11. O’zbekiston istiqlol yillari me’morchiligi
  12. Agrosanoat majmuasini loyihalash

 

II. Kazan Federal Universiteti va NamMQI hamkorligida yangi tashkil etilgan yo’nalishlarda:

 

  1. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi.

Kafedra tasarrufida zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlangan, ma’ruza mahg’ulotlari uchun 1 ta oquv auditoriyasi, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlari uchun esa, 1 ta kompyuter honasi mavjud bo’lib, ular zamonaviy dasturiy va texnik vositalar bilan ta’minlangan.

 

 

Ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish maqsadida, kafedrada

“Ustoz-shogird” tizimi tashkil etilgan bo’lib, mazkur tizim asosida kafedra yosh o’qituvchilariga ilmiy, pedagogik va metodik tavsiyalar, maslahat va ko’rsatmalar berib kelinmoqda.

Kafedraning ilmiy faoliyati

Kafedrada Turon Fanlar Akademiyasining akademigi, dotsent Sh.Abduraxmonov rahbarligida P3-20170925154 “O’zbekistonning qadimiy monumental san’at asarlariga munosib nomlar qo’yish, asl ko’rinishini grafik hamda kompyuter grafikasida qayd qilish” mavzusida amaliy Davlat granti bajarilmoqda.



Bundan tashqari kafedrada ilmiy saloxiyatni oshirish bo’yicha o’qituvchilar A.Xamzayev texnika fanlari doktori, professor N.G.Bayboboev rahbarligida 05.07.01-Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishalrini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo’yicha “Topinamburning fizik-mexanik xususiyatlariga asosan kovlagichning elastik barmoqli barabanining parametrlarini asoslash”, A.Qahharov esa  pedagogika fanlari doktori, professor N.F.Kuchqorova rahbarligida Chizma geometriya va muhandislik grafikasi faning o’qitishda talabalarning ijodiy fikirlash qobilyatini multimediyali texnologiyalar asosida rivojlantirish  mavzusida doktorlik (PhD) ishini davom etirib himoyaga chiqish arafasida

Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar «Texnik tizimlarda AT» kafedrasi jamoasining har lahzadagi dolzarb faoliyat yo’nalishlaridandir. Kafedrada 2018-2019 o’quv yili uchun tasdiqlangan  ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar rejalari asosida professor-o’qituvchilar ish olib bormoqdalar. Rejada belgilangan tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati talabalarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, ularga hurmat bilan qarash, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni va institut mulkini saqlash, kiyinish madaniyati kabi maqsadlarga yo’naltirilgan.


Kafedra professor-o’qituvchilari ma`naviy-ma`rifiy sohada belgilab qo’yilgan vazifalar va buyuk mutafakkirlar me’roslarini ma`ruza, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlarida, murabbiylik soatlarida, «Talabalar turar joyi»dagi navbatchilik mobaynida talabalarga muntazam ravishda o’rgatib kelmoqdalar.

Bundan tashqari joriy yilda kafedra professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan ma`naviy ishlar rejasi asosida turli xil tadbirlar muntazam o’tkazilmoqda.

To’garaklar

Kafedrada “Yosh ijodkor” va “Kompyuter grafikasi” kabi to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, mazkur to’garaklar talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda, ularning informatika va axborot texnologiyalariga oid bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



 Kafedra mudiri A.Xamrakulоv

Barcha qiziquvchilarni ko’rgazmaga taklif etamiz 

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi