| | |

YOSHLAR TARBIYASI VA ULAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIK, JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH DOLZARB MASALA

     Joriy yil 20-sentabr kuni institut katta majlislar zalida Viloyatdagi ta'lim massasalarida yoshlar tarbiyasi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, o‘z joniga qasd qilish, erta turmush qurish to‘y va marosimlarni kam harajat o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qaroriga muvofiq olib borilayotgan ishlarni yanada yaxshilash maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Uchrashuv-muloqotga myehmon sifatida “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi I.Najmiddinov, “Oila” ilmiy-tadqiqot viloyat markazi bo‘limi boshlig‘i M.Maqsudova, Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari F.Xolmatov, viloyat Yo‘l xavfsizligi xizmat boshqarmasi xodimi kapitan D.Mo‘ydinovlar taklif qilindi.
Uchrashuv muloqotni dastlab institut rektori Sh.Kenjaboyev kirish so‘zi bilan ochib mexmonlar bilan tanishtirdi. So‘ngra mehmonlarning ma'ruzalari tinglandi.

     “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi I.Najmiddinov bugungi kunda respublikadagi keksa avlodga qaratilgan e'tibor haqida gapirib berdi va aniq misollarni orqali yoshlarni tarbiyalash masalasida muammolarni yoritib berdi hamda bu yo‘nalishda hal qilish yo‘llarini ham ko‘rsatib o‘tdilar.

    “Oila” ilmiy-tadqiqot viloyat markazi bo‘limi boshlig‘i M.Maqsudovaning o‘z ma'ruzasida Namangan viloyatdagi oilalardagi holatlarni o‘rganish va yaxshilash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshrilayotganligi va muammolar hal etiyotganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.
Namagan viloyat Ichki ishlar boshqarmasining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari F.Xolmatov o‘z chiqishida viloyat bo‘yicha huquqbuzarlik holati va kriminogen vaziyatni tushuntirib berdi.

    Namangan viloyat Yo‘l xavfsizligi xizmat boshqarmasi xodimi kapitan D.Mo‘ydinov yo‘l xodisalarni oldini olish maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan qanday choralar va aksiyalar tashkil etilayotganligini haqida axborot berib o‘tdi.
    Shundan so‘ng tadbir yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Talabalar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
  Mazkur uchrashuv-muloqotda institut rektori, barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, institutda faoliyat olib borayotgan nafaqadagi professor-o‘qituvchilar, Ma'naviyat va ma'rifat, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Majidov, hamda
102 nafardan ortiq talabalar ishtirok etdi.

Matbuot xizmati

 

 

 

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi