| | |

RESPUBLIKADAGI YANA 9 TA OLIY TA`LIM MUASSASASIGA XORIJIY QOʻSHMA TAʼLIM DASTURLARI ASOSIDA KADRLAR TAYYORLASH UCHUN QOʻSHIMCHA KVOTALAR BERILDI

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentyabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy taʼlim muassasasiga 2018/2019 oʻquv yili uchun qabuli uchun xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bular:

1.Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat);
2..Andijon mashinasozlik instituti –90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).
3.Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);
4.Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura);
5.Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura);
6.Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat);
7.Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat);
8.Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat);

9.Namangan muhandislik-qurilish instituti60 ta (bakalavriat).

Toʻlov-kontrakt asosida xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018 yil 25 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy taʼlim muassasalari tomonidan 2018 yil 28-30 sentyabr kunlari oʻtkaziladi.

Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun oʻqish istisno tariqasida 2018 yilning 2 oktyabridan boshlanadi.

Kirish imtihonlari natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Kirish sinovlari natijasi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida qoʻshma taʼlim dasturlarida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga toʻlov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018 yil 31 oktyabr etib belgilandi.


Manba: edu.uz

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi