| | |

DINIY EKSTREMIZM VA YOSHLAR


2018 yil 22 sentyabr  kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti Talabalar turar joyida Institut psixologi I.Toshpo‘latov, Namangan shahar Furqat MFY profilaktika inspektorlari I.Qodirov, L.Boymatov, Nuroniy jamg‘armasi ma'sul xodimi S.Dadaxanov fakultet dekani S.Razzoqov,  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari  M.Xo‘jaxanov, Qurilish-texnologiya fakulteti 209 nafar talabalari hamda 5 nafar professor o‘qituvchilar ishtirokida “Xujradagi zulmat” nomli hujjatli film namoyishiga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.

 “Xujradagi zulmat” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatli film namoyishidan so‘ng  Nuroniy Jamg‘armasi mas'ul xodimi S.Dadaxanov hujjatli filmni sharhlab Namangan shahridan Suriyaga borib  ishtirok etganlar, ularning aksariyat qismi ongidagi mafkuraviy bo‘shliq sababli, diniy ta'limotining yetarli emasligi bois  aldov asosida shu yo‘lga kirib qolganligi to‘g‘risida tushuntirish berdi.

Talabalarni ogohlikka, shuningdek, vatanga dahldorlikka chaqirib, shubhali holatlar sezilsa, yoki biror bir  vatan tinchligiga rahna soluvchi  holatlardan xabar topilsa, institut rahbariyatiga, yoki ishonch telefonlari orqali  tegishli mutasaddilarga  axborot berish lozimligini ta'kidladi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga aniq va batafsil ma'lumotlar berildi.

Matbuot xizmati

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi