| | |

“DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM – JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TAHDID” YOHUD “HUJRADAGI ZULMAT”

2018 yil 22 sentyabr  kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti 3-bino katta majlislar zalida Namangan shahar Furqat MFY profilaktika inspektorlari I.Qodirov, L.Boymatov, “Qurilish” fakulteti dekani A.To'xtaboyev, fakultet dekan o‘rinbosarlari  B.Jo‘rayev, T.Qosimov, fakultetning 400 nafar talabalari  hamda 10 nafar professor o‘qituvchilar ishtirokida “Xujradagi zulmat” nomli hujjatli film namoyishiga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, mazkur tadbir Namangan viloyati Davlat xavfsizlik xizmati tashabbusi bilan tashkil etilganligini aytib, bugungi kunda turmush farovonligini yanada yuksaltirishda ahamiyati beqiyos bo‘lgan muhim yo‘nalish – yurtimizda ijtimoiy – siyosiy, jumladan diniy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlarda turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mazkur yo‘nalishda davra suhbatlari, uchrashuv-muloqotlar, seminar-treninglar va boshqa targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish naqadar ahamiyatli ekanligini ta'kidladi.

Namangan shaxar furqat MFY profilaktika inspektorlari I.Qodirov diniy ekstremizm va terrorizmning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi xavfi, yoshlar tarbiyasi va kelajagiga tahdidi yuzasidan talabalarga to‘laqonli tushuncha berdi. Shuningdek, dinni niqob qilib olgan ushbu gazandalarning  Ka'bani buzishga da'vat qilishlari, odam savdosi bilan shug‘ullanishlari, ayollar va qizlarni zo‘rlashlari  ularning musulmon ahlidan emasligini bildirishini ta'kidladi.

Shuningdek, islom dini va terroristik tashkilotlarning din niqobi  ostidagi faoliyatida mutlaqo bir biriga o‘xshamaydigan g‘arazli maqsadlar, jinoiy harakatlar hamda insoniyat tinchligi, farovonligi va kelajagiga tahdidli harakatlari  to‘g‘risida fikr yuritdi.

Bugungi kunda  globallashuv jarayonlari sharoitida axborot hurujlarining yoshlar ma'naviyatiga ko‘rsatayotgan salbiy ta'sirlari, internetning afzallik va kamchiliklari, turli saytlarning insoniyatga solayotgan tahdidlari to‘g‘risida gapirib, ayniqsa yoshlarning internet saytlari orqali diniy oqimlarga qo‘shilib ketish holatlari uchrab turganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bunday salbiy oqibatlarni oldini olish uchun yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozimligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Diniy vaziyatni yanada sog‘lomlashtirish, konfessiya va millatlararo totuvlikni mustahkamlash masalasi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligiga alohida to‘xtalib, bu ishlarni amalga oshirishga barcha birdek mas'ul ekanligi, agarda shubhali holatlar yoki vaziyatlardan xabardor  bo‘lgan holda huquq tartibot idoralariga xabar berish lozimligi, buning natijasida qanchadan qancha muammo yoki falokatli holatlarni oldini olish mumkinligi to‘g‘risida tushunchalar berdi.

Talaba-yoshlarni ilm olishga, mamlakatimizni yanada gullab-yashnashi va taraqqiy etishida munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.

Shundan so‘ng “Xujradagi zulmat” nomli hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Talabalarni ogohlikka, shuningdek, vatanga dahldorlikka chaqirib, shubhali holatlar sezilsa, yoki biror bir  vatan tinchligiga rahna soluvchi  holatlardan xabar topilsa, institut rahbariyatiga, yoki ishonch telefonlari orqali  tegishli mutasaddilarga  axborot berish lozimligini ta'kidladi.

Talabalar tomonidan berilgan savollarga aniq va batafsil ma'lumotlar berildi.


Matbuot xizmati

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi