| | |

“KORRUPSIYA-MILLIY XAVFSIZLIKKA TAHDID”


2018 yil 24 sentyabr kuni institut katta majlislar zalida institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida “Korrupsiya -milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida o‘tkazilgan ma'rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv-muloqotda mexmon sifatida Namangan viloyati Davlat xavfsizlik xizmati, Namangan viloyati prokuraturasi prokurori, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi. Namangan shahar Abdulloh ibn Mas'ud Jome masjidi imom xatibi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bo‘lim mudiri. Barcha prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, 22 nafar professor-o‘qituvchilari hamda 121 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Dastlab uchrashuv-muloqotni Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sh.Kenjaboev kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, bugungi kunda turmush farovonligini yanada yuksaltirishda ahamiyati beqiyos bo‘lgan muhim yo‘nalish – yurtimizda ijtimoiy – siyosiy, jumladan siyosiy, iqtisodiy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, ijtimoiy – ma'naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, yoshlarda huquqiy savodhonligini va madaniyatini oshirish maqsadida mazkur yo‘nalishda davra suhbatlari, uchrashuv-muloqotlar, seminar-treninglar va boshqa targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish naqadar ahamiyatli ekanligini ta'kidladi. o‘z so‘zida bugungi kunda korrupsiya tomonidan jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisod tizimlari uchun katta zarar etkazilishini ma'lum qildi va bu yo‘nalishda yoshlarning fuqarolik pozisiyasi va huquqiy ongi korrupsiyaga qarshi kurashishda katta ahamiyatga egaligiga alohida  to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng Namangan viloyat prokuraturasi prokurori A.Fozilov so‘z olib u o‘z so‘zida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun imzolandi va e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4 yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slova” gazetalarida chop etilganlini aytib o‘tdi. Xususan ushbu qonun asosida Namangan viloyatida keng ko‘lamli ishlar bolib borilmoqda. U o‘z so‘zida bugungi kunda OTMlarda uchrayotgan kamchiliklar to‘g‘risida dalillar asosida ma'lumotlar berib, ushbu o‘tkazilayotgan tadbir aynan shu masalaga daxldor ekanligini ta'kidladi. Xususan, sessiya jarayonlarida kuzatilayotgan salbiy holatlar, baho qo‘yish uchun ayrim professor-o‘qituvchilar tomonidan ta'magirlik qilinayotganligi,  talabalar o‘rtasida norozilik kayfiyatini sodir etmaslik, adolatli ish tashkil etish, qonunda belgilangan tartibga to‘liq rioya etish lozimligi to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Shuningdek, institutda sog‘lom muxitni barqarorlashtirish maqsadida doimiy ravishda institut talabalari o‘rtasida sosiologik so‘rovlar asosida tadqiqotlar o‘tkazib kelinayotganligi va bu tadqiqotlar 2 qismga bo‘linib o‘rganilayotganligi to‘g‘risida ma'lumot berdi. Bular anketa hamda intervyu ko‘rinishida olib boriladi dedi. Shuningdek, so‘rovnomalar ota-onalar o‘rtasida ham olib borilmoqda deb ishtirokchilarga ma'lumot berib o‘tdi. 

So‘ngra Namangan viloyati Davlat xavfsizlik xizmati xodimi U.Suyumovga so‘z navbati berildi. U tadbir ishtirokchilarni “korrupsiya”, “tahdid” , xavfsizlik” tushunchalari haqida qatnashchilarga batafsil ma'lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, 2018 yil aprel oyda qabul qilingan “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan vazifalari biri bu korrupsiyaga qarshi kurashish ekanligi va ushbu Qonunning 4-moddasida bu holat aniq belgilanganligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Korrupsiya bilan kurashishda nafaqat davlat organlari hissasi borligini, balqi bu sohada fuqarolarni faollashtirish va yordami kerakligini aytib o‘tdi. Oliy ta'lim muassasalarida holatlarida asosiy uchraydigan korrupsiya holatlari qabul jarayonlarida va yakuniy nazorat topshirish paytida ko‘prok uchraydi. Xodimning fikricha kuchli bilimga ega talabalar noqonuniy qabul jarayonlarga emas, jamiyat taraqqiyotiga xissasini ko‘shish kerakligini ta'qidlab o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bo‘lim mudiri A.Sobirxonov so‘z olib, u o‘z so‘zida bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashga oid teleko‘rsatuv va radioeshshitirishlar berib borish ommalashganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Korrupsiya (lotincha “corruptio”-poraga sotilish, aynish, tanazzul)- mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o‘z mansabi bilan bog‘liq vakolatlarini suiiste'mol qilishdan iborat jinoyatdir. Korrupsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy kategoriya hisoblanmaydi, chunki uning yuridik ta'rifi mavjud emas. Ammo mazkur tushuncha qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo‘llash amaliyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham bu muammo xalqaro tashkilotlarni tashvishlantirmoqda dedi u o‘z so‘zida.

U o‘z so‘zida bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashga oid teleko‘rsatuv va radioeshshitirishlar berib borish ommalashganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi. Korrupsiya (lotincha “corruptio”-poraga sotilish, aynish, tanazzul)- mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o‘z mansabi bilan bog‘liq vakolatlarini suiiste'mol qilishdan iborat jinoyatdir. Korrupsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy kategoriya hisoblanmaydi, chunki uning yuridik ta'rifi mavjud emas. Ammo mazkur tushuncha qonunlar ishlab chiqish jarayoniga, qonunni qo‘llash amaliyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham bu muammo xalqaro tashkilotlarni tashvishlantirmoqda dedi u o‘z so‘zida.

Shuningdek, “Korrupsiya” tushunchasining o‘zi biron-bir qat'iy huquqiy mazmunga ega emasligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Dunyoda korrupsiya darajasini taqqoslash uchun bir nechta metod va indekslar mavjud. Shulardan to‘liqroq ma'lumot beruvchi xalqaro noxukumat tashkilot “Transparency International” hisoblanadi. Mazkur tashkilot 1995 yildan buyon korrupsiyani idrok qilish indeksi bo‘yicha jahondagi davlatlarning ro‘yxatini tuzib boradi. Indeks bir nechta o‘tkazilgan mustaqil so‘roqlarga asoslanadi. Ularda xalqaro moliyaviy hamda huquqni muhofaza qiluvchi ekspertlar ishtirok etishi ta'minlanadi. Indeks o‘zida 0 dan 100 gacha baholashni o‘z ichiga oladi. Bunda 0-korrupsiyaning yuqori darajasi, 100-esa umuman yo‘qligini anglatadi. Eng past ko‘rsatkichlar: Daniya, Yangi Zelandiya, Finlandiya, Shvesiya, Shveysariya, Norvegiya, Singapur, Niderlandiya, Kanada, Buyuk Britaniya. Eng yuqorilari: Somali, Janubiy Sudan, Shimoliy Koreya, Suriya va Yaman. Dunyo bo‘yicha O‘zbekiston 155-o‘rindaligi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar berdi. 

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berdilar.

Mazkur ma'rifiy uchrashuvda institut talabalari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Uchrashuv-muloqot Namangan viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga tushirildi.

Matbuot xizmati

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi