| | |

E'LON

Namangan muhandislik-qurilish instituti Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim institutining 2019 yil uchun doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka  qabul e'lon qiladi.

Doktoranturaga quyidagi ixtisoslik bo‘yicha:

      01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha:

     01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi 

     02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

                  bo‘yicha qabul qilinadi.

    01.04.10 –  Yarimo‘tkazgichlar fizikasi

    02.00.17 –  Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, 

                       saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari

 Doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka da'vogarlar quyidagi talablarga javob berishi kerak va qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- rektor nomiga ariza;

- shaxsiy varaqa va tarjimai hol;

- yetakchi olimlardan birining uni ilmiy rahbar sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi;

- tibbiy ma'lumotnoma  (086-shakl);

 - 4x6 o‘lchamdagi 4 dona fotosurat;

- pasport nusxasi;

- qisqacha biografik ma'lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talab-gorlar uchun);

- oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik das-turlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek  ularning nusxalari;

Hujjatlar 2018 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha NamMQI ilmiy bo‘limida qabul  qilinadi.

Doktoranturaga kiruvchi talabgorlar suhbat asosida qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari 2018 yil 1 - 25  noyabr kunlari   o‘tkaziladi.

Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda o‘qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta'limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til) bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradilar.

Murojaat uchun manzil: Namangan shahri, Islom Karimov ko‘chasi,
12-uy, Ilmiy bo‘lim.  Tel. 234-14-85.

Ilmiy bo‘lim.

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi