| | |

“SOLIQ VA SOLIQ QONUNCHILIGIGA OID YANGI O‘ZGARISH VA IMTIYOZLAR” MAVZUSIDAGI TADBIR


2018 yil 11 oktyabr kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida “Soliq va soliq qonunchiligiga oid yangi o‘zgarish va imtiyozlar” mavzusida Davlat soliq inspeksiyasi Viloyat boshqarmasi mutaxassislari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Davlat soliq inspeksiyasi Viloyat boshqarmasi mutaxassislari Orifjon Abdullayev, Rustamjon Raxmonov, Bahodir Xomidovlar, Qurilish fakulteti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Isaboyev va Qurilish fakultetining 112 nafar talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi A.Mamadaliyev kirish so‘zi ochdi va olib bordi.



Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan soliq va soliq qonunchiligida joriy etilayotgan yangi o‘zgarishlar va imtiyozlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida atroflicha ma'lumot berib o‘tildi. Tadbir so‘ngida talabalarning mavzuga oid berilgan savollariga mehmonlar atroflicha javob berdiladi.






Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi