| | |

TALABA-YOSHLAR O‘RTASIDA YO‘L HARAKATI QOIDABUZARLIKLARI PROFILAKTIKASIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR


2018 yil 12 oktyabr kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida “Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, talaba-yoshlarda yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yanada yuksaltirish va ular o‘rtasida yo‘l harakati qoidabuzarliklari profilaktikasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.



Tadbirda Namangan viloyat IIB YHXB boshlig‘i polkovnik Baxtiyor Do‘stmuxammedov, Namangan viloyat IIB YHXB katta inspektori kapitan Doniyor Mo‘ydinov, Namangan viloyat IIB YHXB inpektori Rustamjon Sultonov, Qurilish fakulteti dekani A.To‘xtabayev, Qurilish fakulteti dekan o‘rinbosarlari Sh.Haydarov va A.Dehqonovlar, Qurilish fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda 167 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida viloyatimizda yoshlar, ayniqsa OTM talabalari va kollej o‘quvchilari ishtirokida sodir etilayotgan yo‘l harakati baxtsiz xodisalari to‘g‘risida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi