| | |

“O‘ZBEKISTON BUNYODKORI” – QURUVCHI MUTAXASSISLAR GAZETASI


2018 yil 13 oktyabr kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida Qurilish fakulteti tashabbusi bilan “O‘zbekiston bunyodkori” nashriyot uyining “O‘zbekiston bunyodkori” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi bosh direktori va bosh muharriri Dilshod Djalalov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi muassisligida tashkil etilgan “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasini Qurilish fakulteti talabalari orasida ommalashtirish, gazetada e'lon qilinayotgan maqolalarning quruvchi-mutaxassislar uchun ahamiyatli ekanini tushuntirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori G‘.Shermatov, Qurilish fakulteti dekani A.To‘xtabayev, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi dotsenti M.Xusainov, professor-o‘qituvchilar va fakultetning 152 nafar talabalari ishtirok etdilar. Davra suhbatini G‘.Shermatov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.




>

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi