| | |

“BIZNING HAVAS QILSA ARZIGULIK BOY TARIXIMIZ, HAVAS QILSA ARZIGULIK ULUG‘ AJDODLARIMIZ BOR, HAVAS QILSA ARZIGULIK BUYUK KELAJAGIMIZ HAM ALBATTA BO‘LADI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI


2018 yil 22 oktyabr kuni institut talabalar turar joyi majlislar zalida Qurilish fakulteti “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji” kafedrasi mas'ulligida “Bizning havas qilsa arzigulik boy tariximiz, havas qilsa arzigulik ulug‘ ajdodlarimiz bor, havas qilsa arzigulik buyuk kelajagimiz ham albatta bo‘ladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Tadbir Qurilish fakulteti kafedralarining 2018-2019 o‘quv yilida institut talabalar turar joyida ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va sport yo‘nalishida o‘tkazadigan tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash hamda talaba-yoshlar orasida buyuk tariximiz, ulug‘ vatandoshlarimiz va ajdodlarimizning ulkan madaniy merosi to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada kengaytirish, shuningdek, allomalarimiz merosidan ilxom va o‘rnak olgan holda yoshlarda vatanimiz buyuk kelajagi uchun dahldorlik hamda mas'ullik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Qurilish fakulteti dekani A.To‘xtabayev, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi mudiri A.Alinazarov, Qurilish fakulteti dekanining YoBIB o‘rinbosari A.Dehqonov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchilari H.Muhiddinova, G‘.Sotvoldiyevlar, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi o‘qituvchilari M.Negmatov, T.Qosimov, M.Yuldashyev, S.Hoshimovlar hamda fakultetning 108 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirni  “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi mudiri A.Alinazarov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi. 



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi