| | |

QURILISH FAKULTETI BIRINCHI KURS TALABALARI ISHTIROKIDA “TALABALIK QASAMYODI” TADBIRI


2018 yil 23 oktyabr kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar ishtirokida “Talabalik qasamyodi” tantanali tadbiri tashkil etildi. Tadbir Qurilish fakulteti "Oliy matematika" kafedrasi mas'ulligida tashkil etildi.


Tadbirda Qurilish fakulteti dekani A.To‘xtabayev, Qurilish fakulteti dekanining YoBIB o‘rinbosari A.Dehqonov, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri S.Abduraxmanov, “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi dotsenti O.Imomnazarov, “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultetning 172 nafar talabalari ishtirok etdilar.



Tadbir bayramona ruhdagi dastur asosida tashkil etilib, birinchi bosqich talabalari tomonidan vatan, yoshlik mavzusidagi she'r va qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida talabalar ommaviy ravishda “talabalik qasamyodi”ni qabul qildilar. Tadbir davomida bir guruh talabalarga talabalik guvohnomasi topshirildi.

Tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tganligi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi