| | |

“AZIZIM VA YAGONAMSAN, MUSTAQIL VATANIM” MAVZUSIDAGI TADBIR


Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostidagi tadbirlar doirasida “Azizim va yagonamsan, mustaqil Vatanim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir Qurilish fakulteti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi mas'ulligida, mustaqillik yillarining muhim voqyealariga bag‘ishlangan xronologik ma'lumotlar bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, ushbu voqyealar ahamiyatini keng tushuntirgan holda ularda vatanparvarlik va fahrlanish hissini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Davra suhbatida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori G‘.Shermatov, Qurilish fakulteti dekanining o‘rinbosarlari B.Jo‘rayev, A.Dehqonovlar, “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Xusainov, P.Axmedovlar, institut talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi A.Kamolov, “Oliy matematika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari A.Jo‘rayev, A.Raxmonovlar hamda 156 nafar talabalar ishtirok etdilar.

            Tadbir davomida Qurilish fakultetining 4-bosqich talabalari tomonidan tadbir mavzusi bo‘yicha tayyorlagan ma'ruzalari, Vatan, mustaqillik to‘g‘risidagi she'r va qo‘shiqlar tinglandi.     





Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi