| | |

“YO‘LLARDA HARAKAT XAVFSIZLIGI UCHUN BARCHA BIRDEK MAS'ULDIR” MAVZUSIDAGI TADBIR


2018 yil 1 noyabr kuni institut 1-binosi 101-auditoriyasida yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi hodisasi orqali sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish, harakat xavfsizligiga rioya etmaslikning mudhish oqibatlari, belgilangan jinoiy javobgarlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “Yo‘llarda harakat xavfsizligi uchun barcha birdek mas'uldir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati Qurilish fakulteti mas'ulligida tashkil etildi.

 Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi sudyasi Mo‘minov Abdunosir, Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Dehqonov hamda Qurilish fakultetining 84 nafar talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni A.Dehqonov o‘z kirish so‘zi bilan ochdi va olib ordi.

Davra suhbati davomida Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudyasi A.Mo‘minovning yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmagan holda sodir etilayotgan jinoyatlarning viloyat miqyosida 2016, 2017, 2018 yillarning 1-yarmiga nisbatan solishtirma statistik ma'lumotlar, ushbu turdagi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari to‘g‘risidagi ma'ruzasi tinglandi.  



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi