| | |

“HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHDA MA'RIFIY ISLOMNING O‘RNI” MAVZUSIDAGI TADBIR


2018 yil 31 oktyabr kuni institut talabalar turar joyi tadbirlar zalida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, huquqbuzarlik profilaktikasi doimiyligini ta'minlash bo‘yicha galdagi vazifalar hamda bugungi kunda yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabab va omillarga islom dinida bildirilgan munosabat to‘g‘risida yoshlar bilim va ko‘nikmalarini yanada yuksaltirish maqsadida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishda ma'rifiy islomning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir qurilish fakulteti jamoasi mas'ulligida tashkil etildi.

Tadbirda Namangan shahar 2-sonli IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Boboyev Bahodir, Namangan shahridagi “Yahyoxon to‘ra” jome' masjidi imom xatibi Jamolov Nurilloxon qori, Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Dehqonov, institut psixologi I.Toshpo‘laptov, Qurilish fakulteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchilari U.Ortiqov, N.Mahmudov, “Chet tillar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Kattaeva hamda fakultetning 134 nafar talabalari ishtirok etdilar.

Davra suhbatini A.Dehqonov o‘z kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi. Tadbir davomida Namangan shahar 2-sonli IIB profilaktika inspektori, katta leytenant B.Boboyevning Namangan shahrida yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari va ularni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hamda “Yahyoxon to‘ra” jome' masjidi imom xatibi N.Jamolovning yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka sabab bo‘layotgan illatlarga nisbatan islom dinidagi munosabat to‘g‘risidagi ma'ruzasi tinglandi. Davra suhbatida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va muloxazalari bildirib, faol ishtirok etdilar.



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi