| | |

“TANQIDIY TAHLIL, QAT’IY TARTIB-INTIZOM VA SHAXSIY JAVOBGARLIK – HAR BIR RAHBAR FAOLIYATINING KUNDALIK QOIDASI BO’LISHI KERAK” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI


Qurilish fakultetining talabalarining darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, mahalla va maktablarda amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, madaniy va sport tadbirlarini o’tkazish jadvaliga muvofiq 2018 yil 23 noyabr kuni institut talabalar turar joyi tadbirlar zalida O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” nomli ma’ruzasining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish, zamon talabiga javob bera oluvchi, yetakchi rahbar kadrlar to’g’risidagi talabalar ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.<

Tadbir Qurilish fakultetining “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi masulligida tashkil etildi. Davra suhbatida kafedra professor-o’qituvchilari dotsent M.Xusainov, katta o’qituvchi P.Axmedov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Soxadaliev, dots. N.Topildiev, Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A.Dehqonov, institut talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi A.Kamalov hamda 138 nafar Qurilish fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

 



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi