| | |

“STARTUP BIZNESINGIZNI BIRGALIKDA YUKSALTIRAMIZ”


Namangan investitsiya va innovatsiya markazi tomonidan 29.11.2018 kuni Namangan muhandislik-qurilish insitutida “Start up biznesingizni birgalikda yuksaltiramiz” shiori ostida biznes seminar - trening tashkil etildi ushbu seminar – trening maqsadi joylarda tadbikorlik faoliyatini yanada oshirish, hozirda Namangan viloyatida haqiqiy biznes muhitini yaratish, start up loyihalarini qo’llab quvatlashdan iborat bo’ldi.

Tadbir ochilish qismida Namangan muhandislik-qurilish insituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Umarxonov Sa’dillaxon Ismatullayevich seminar treningni ochib berdi. 

Namangan investitsiya va innovatsiya markazi direktori Xoshimov Abdulaziz Mansur o’g’li tashrif buyurgan seminar-trening qatnashchilariga Start up haqida tushunchalar berib o’tdi.

Namangan investitsiya va innovatsiya markazi xodimi Sobirov Muhammadniyoz Tavakkal o’g’li Markaz faoliyati undagi imkoniyatlar haqida batafsil to’htalib o’tdi.

Namangan investitsiya va innovatsiya markazi xodimi Mirzaahmedov Bohodir g’oyani biznesga aylantirish bo’yicha o’z ma’ruzasini bayon etdi.

Tadbir davomida qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga Markaz direktori va xodimlari to’laligicha o’z javoblarini berishdi.

Tadbir so’nggi qismida esa Seminar – Treningda faol qatnashgan qatnashchilarga Namangan investitsiya va innovatsiya markazi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi