| | |

“TANQIDIY TAHLIL, QAT’IY TARTIB-INTIZOM VA SHAXSIY JAVOBGARLIK – HAR BIR RAHBAR FAOLIYATINING KUNDALIK QOIDASI BO’LISHI KERAK” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI


Qurilish fakulteti tomonidan talabalarining darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, mahalla va maktablarda amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, madaniy va sport tadbirlarini o’tkazish bo’yicha ishlab chiqilgan jadvaliga muvofiq 2018 yil 27 noyabr kuni institut talabalar turar joyi tadbirlar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” nomli ma’ruzasining mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga tushuntirish, zamon talabiga javob bera oluvchi, yetakchi rahbar kadrlar to’g’risidagi talabalar ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir Qurilish fakultetining “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi mas’ulligida tashkil etildi. Davra suhbatida kafedra professor-o’qituvchilari dotsent A.Alinazarov, O.Imomnazarov, katta o’qituvchilar N.Majidov, J.Yuldashev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchilari B.Isoqov, S.Dehqonova, H.Muhiddinova, Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari A.Dehqonov, institut talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi A.Kamalov hamda 124 nafar Qurilish fakulteti talabalari ishtirok etdilar.



Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi