| | |

KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH VA “KITOB DUNYOSI” GAZETASI IJODIY JAMOASI BILAN UCHRASHUV-MULOQOT


Joriy yil 4 dekabr kuni Namangan muhandislik-qurilish institutida Namangan shahrida joylashgan maktablar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab etakchilari hamda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Kitob dunyosi” gazetasi ijodiy jamoasi va shoir, yozuvchilar bilan uchrashuv-muloqot tashkil etildi.







Mazkur uchrashuv-muloqotga mexmon sifatida Namangan viloyati Matbuot boshqarmasi boshlig‘i Z.Mansur, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish va monitoring qilish mustaqil instituti Namangan viloyat hududiy bo‘linmasi xodimi, NamDU dotsenti – B.Isxaqov, “Kitob dunyosi” gazetasi bosh muharriri- H.Rustamova, publitsist- shoir Butayev, “Namangan haqiqati” gazetasi vakili, shoir-Nosir Abbos, publitsist-A.Abdullayev, shoira-Dilbar bonular taklif etildi.

 Mazkur uchrashuv-muloqot davomida Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi talabasi G‘ulomjonova SHaxzoda o‘z she’rlari bilan ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv-muloqotda institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor G‘.SHermatov, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, 85 nafar institut talaba-yoshlari, jami 234 nafar.

Uchrashuv-muloqot savol-javob va baxs munozaraga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.










Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi