| | |

“SALOMATLIGING O‘Z QO‘LINGDA” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI


2018 yil 24 dekabr kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida Qurilish fakulteti mas'ulligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, qarorning institutdagi ijrosini ta'minlashda talabalar fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, har bir inson salomatligi bugungi kunda umumdavlat miqyosidagi masalaga aylanib borayotganini yoshlarga tushuntirish maqsadida “Salomatliging o‘z qo‘lingda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institut “Salomatlik maskani” rahbari A.Satimov, Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Dehqonov, “Ganoshifo” dori-darmon kompaniyasi vakillari J.Axmedov, Z.Abdullayeva va M.Jamolovlar, professor-o‘qituvchilar hamda Qurilish fakultetining 132 nafar talabalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida “Ganoshifo” dori-darmon kompaniyasi vakillari tomonidan “Salomatlik - farovonlik” mavzusidagi elektron taqdimot namoyish etildi.










Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi