| | |

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PARLAMENTGA MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR

2019 yil 4 yanvar kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilarga tushuntirish, Murojaatnomadan kelib chiqadigan kelgusidagi vazifalarni belgilab olish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018 yil 29 dekabrdagi 87-03-4549-sonli topshiriq xatiga ilova sifatida yuborilgan “Oliy ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusidagi elektron taqdimot mazmuni bilan institut jamoasini tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarda institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Umarxanov, Qurilish-texnologiya fakulteti dekani S.Razaqov, Qurilish fakultteti dekani A.To‘xtabayev, kafedra mudirlari hamda Qurilish va Qurilish-texnologiya fakultetlarining 97 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Umarxanov kirish so‘zi bilan ochdi va olib bordi.

Seminar davomida dastlab Qurilish fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari A.Dehqonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan elektron taqdimot bo‘yicha yig‘ilganlarga ma'ruza qildi.

“Oliy ta'limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: xalqaro tajribalar va O‘zbekiston amaliyoti” mavzusidagi elektron taqdimot yuzasidan ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Umarxanov ma'ruza qildi.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi