| | |

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING PARLAMENTGA MUROJAATNOMASI MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR”


2019 yil 4 yanvar kuni institut 3-binosi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi Parlamentga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar orasida keng targ’ib qilish, Murojaatnomadan kelib chiqadigan kelgusidagi vazifalarni belgilab olish hamda taqdimot materiallari bilan institut jamoasini tanishtirish maqsadida seminar tashkil etildi.



Seminarda Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor  G’. Shermatov, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.Umarxanov, Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev,Mashinasozlik fakulteti dekani M.Dadamirzayev kafedra  mudirlari va hamda Transport va Mashinasozlik fakultetlarining 102 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.




Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi