| | |

“YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI”


2019 yil 11 yanvar kuni Namangan viloyat IIB YHXB TVTXUNTEB boshlig‘i, podpolkovnik F.Urolov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Majidov, “Qurilish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Dehqonov, 6 nafar professor-o‘qituvchilar, 16-BIQ-18, 17-BIQ-18, 29-QHALTE-18, 30-QHALTE-18, 32-KI-18 hamda KFU talabalari o‘rtasida “Yo‘l harakati qoidalari”ni tushuntirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyatni yanada kuchaytirish” mavzusida ma’ruzalar tashkil etildi.

Namangan viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot guruh inspektori, kapitan D.Mo‘ydinov so‘z olib bugungi kunda Namangan viloyat bo‘yicha ro‘y berayotgan yo‘l transport hodisalar to‘g‘risida statistik ma’lumot berib o‘tdi. 2018 yil davomida viloyat bo‘yicha 160 nafar insonlar yo‘l transport xodisalari tufayli vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.



U o‘z ma’ruzasida talabalarni yo‘l qoidalari xavfsizligi rioya qilishlari o‘z sog‘liqlari garovi ekanligini talabalarning e’tiborini qaratdi. Bu holatlarni amaliy misollar bilan tushuntirib berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikda piyodalar uchun yangi qoidalarni tadbir ishtirokchilarga tushuntirib berdi.

Talabalar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga ma’ruzachilar tomonidan to‘laqonli javoblar berildi.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi