| | |

QAROR IJROSI

 

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarorining 11-bandining 3 xat boshida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Namangan muxandislik qurilish institutida talabalarini ilmiy faoliyatga yo’naltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish maqsadida

5340800-Avtomobil yo’llari va aerodromlar ta’lim yo’nalishining 1-kurs bitiruvchilari o’rtasida iqtidorli talabalarni saralab olish uchun o’tkazilgan tanlov natijalariga asosan institut rektorining 2018 yil 9 avgustdagi 169u-sonli buyrug’iga asosan 25A-AYA-17 iqtidorli talabalar guruxi bilan tashkil etildi. 
SHuningdek tayanch OTM bilan birgalikda aloxida ishchi o’quv reja ishlab chiqildi va u asosida ishchi fan dasturlarini shakllantirildi. 2018/2019 o’quv yilida iqtidorli guruxda o’qitilishi rejalashtirilgan fanlarni o’qitishda institutning eng tajribali fidoiy professor-o’qituvchilar va ishlab chiqarish korxonalarining mutaxassislari tomonidan olib borilishi tashkil qilinmoqda. Iqtidorli gurux uchun AYA kafedrasi tasarrufidagi auditoriyalardan birini ajratilib, zaruriy texnik vositalar bilan jixozlandi.

 

 

     2018 yil 10 sentyabr kuni institut rektori SH.Kenjaboev tashkil etilgan iqtidorli gurux talablari bilan ochiq muloqat o’tkazib, ushbu gurux talablari oldiga qo’yilgan vazifalar va ularni ijrosini ta’minlash borasida o’z fikrlarini bildirdi. Talabalar tomonidan qo’yilgan maqsad yagona ekanligi ya’ni kelajakda vatan ravnaqi uchun xissa qo’shuvchi xar tamonlama yetuk kadr bo’lish ekandigini anglagan xolda o’z faoliyatlarini tashkil qilishlarini hamda ushbu maqsadga erish uchun bor imkoniyat va iqtidorlaridan foydalanishlarini aytib o’tishdi.
SHuningdek AYA kafedra mudiri xar bir talaba uchun aniq manzilli ish rejalar shakllantirilishi va u asosida talabalarning faoliyati to’liq tashkil qilinishi ta’kidladi.

 

 

AYA kafedrasi mudiri Q.Inoyatov

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi