| | |

Yurt kelajagi uchun katta yo’lga chiqqan talabalar.

 

    Yurtimiz prezidenti SHavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan hozirgi kunda ta’limga juda katta e’tibor qaratilganki , biz mustaqillik farzandlari uchun oltin darvoza ochildi.

   Jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-sonli qarorini misol qilsak bo’ladi qaror mazmuniga muvofiq Avtomobil yo’llari va aeradromlar kafedrasida taxsil olayotgan talabalardan iqtidorli , o’qishga yuragida cho’g’ alanga olayotgan 15 nafar talaba yoshlar 25A-AYA-17 guruhi sifatida shakllantirildi. Bu guruhga jon jaxti bilan tashabbus ko’rsatayotgan kafedra mudiri Inoyatov Qaxramon hamda guruh murabbiyi Maxkamov Dilshod ustozlar boshchilik qilmoqdalar. Ayni shu yo’sinda kunning 10- sentabr kuni NamMQI rektori SH. Kenjaboyev bilan talabalar ochiq muloqot uchrashuvida bo’ldilar. Uchrashuvda talabalar rejalari hamda ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar haqida ochiqdan ochiq kelishib olindi bizdan faqat va faqat o’qish talab qilinadi xolos agar shu shakllangan guruhda talabalar na’munali tamomlasalar bu talabalardan yurtimiz kelajagi uchun tajribali ma’nan yetuk kadrlar yetishib chiqadi. Talabalarni bunday yurtboshimiz nazari tushgan oliy maqsad yo’lida taxsil olishi talabalarni birinchi navbatta gardaniga og’ir ma’suliyatni qiyinchiliklarni yuklaydi va albatta ko’ksini faxr iftixorga to’ldiradi shunday qiyinchiliklarni sabr va ma’suliyat bilan bosib o’tilsa kelajakda o’z o’rnini misli ko’rilmagan mavqelarda topadilar. Ayni kunda talabalar taxsil olishi uchun alohida maxsus xona va kerakli jixozlar bilan ta’minlandi .

 

Har bir talaba alohidadan har birlari barcha dasturlarga ega bo’lgan internet cheklanmagan dasturlar bilan ta’minlangan kompyuterlar bilan ta’minlandi. Har bir talaba yurt kelajagi uchun o’z soxalari bo’yicha bir qiziqish bilan oldindan o’zlariga mavzu va loyihalarni va ilmiy ish qilish maqsadida innovatsion g’oyalarni belgilab olishdi. Bu yo’lda talaba yoshlar birinchi navbatda prezidentimizga, ustozlarga, oliygoh rektori SH. Kenjaboyevga oliy maqsadlarini amalga oshirishga oliygohimiz reytingini oliy o’rinlarga ko’tarishga va’da berishdi.

 

25А-AYA-17 guruhi

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi