| | |

INSTITUTDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMLI RAVISHDA AMALGA OSHIRILMOQDA


 INSTITUTDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH TIZIMLI RAVISHDA AMALGA OSHIRILMOQDA

      O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-sentyabrdagi 87-02-2498-sonli xatining ijrosini ta'minlash maqsadida xatga ilova qilingan ma'lumotlar asosida institutning barcha fakultetlarida kengaytirilgan yig‘ilishlar tashkil etildi.

     Unda oliy ta'lim muassasasi talabasi tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish yuzasidan chora-tadbir ishlab chiqildi. Jumladan, 2018-yil 13-sentyabr kuni Qurilish fakultetida 87-02-2498-sonli xatda keltirilgan oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar muhokama qilish yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda mazkur ma'lumotlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, bu holatlarni fakultetda sodir etilishini oldini olish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu yig‘ilishda fakultetning 42 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

       2018-yil 14-sentyabr kuni Qurilish-texnologiya fakultetida 87-02-2498-sonli xatda keltirilgan oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar muhokama qilish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda fakultetdagi barcha akademik guruhlarda giyohvandlikning salbiy illatlarini talabalarga tushuntirish bo‘yicha soha mutaxassislarini jalb etgan holda davra-suhbatlari tashkil etish yuzasidan guruh murabbiylariga topshiriqlar berildi. Ushbu yig‘ilishda fakultetning 31 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 2018-yil 14-sentyabr kuni Transport fakulteti dekani J.Holmirzayev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishdi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-sentyabrdagi 87-02-2498-sonli xatida keltirilgan oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar tanqidiy ko‘rib chiqilib, fakultet talabalari o‘rtasida bunday salbiy holatlarni olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ushbu yig‘ilishda fakultetning 41 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. 2018-yil 14-sentyabr kuni Muhandislik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-sentyabrdagi 87-02-2498-sonli xatida keltirilgan ilovadagi ayrim ta'lim muassasalaridagi talabalar tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda fakultet dekani M.Dadamirzayev tomonidan barcha guruh murabbiylariga giyohvandlikning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan davra-suhbatlari tashkil etish yuzasidan topshiriq berildi. Ushbu yig‘ilishda fakultetning 38 nafar professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

    2018-yil 15-sentyabr kuni institut katta majlislar zalida institut Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi A.Mamadaliyev raisligida institutdagi 4 nafar fakultet yetakchilari va 175 nafar guruh yetakchilari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.

     

     Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-sentyabrdagi 87-02-2498-sonli xatida keltirilgan oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari tomonidan narkotik moddalar bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar muhokama qilindi. Ushbu xatdan kelib chiqib fakultet hamda guruh yetakchilariga tegishli topshiriqlar berildi.
    Shuningdek, barcha akademik guruhlarda talabalarga guruh murabbiylari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 12-sentyabrdagi 87-02-2498-sonli xati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

 

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi