| | |

“DIN TUSHUNCHASI: ASL MOHIYAT VA SUN'IY AQIDALAR”

    Joriy yil 19 sentyabr kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti katta majlislar zalida yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va aqidaparastlikni oldini olish, ularni yot g‘oyalar ta'siridan asrash maqsadida

“Din tushunchasi: asl mohiyat va sun'iy aqidalar” mavzuida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.Ushbu seminar-treningda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Ubaydullayev, O‘zbekiston musulmonlar idorasi Namangan viloyat vakili o‘rinbosari Obidxon qori Ikromov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi A.Mo‘minov, Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi M.Isabayevlar ishtirok etdilar.


   Seminar-trening davomida “Xujratdagi zulmat” nomli hujjatli film namoyish etildi. Ushbu filmdan kelib chiqqan holda ma'ruzachilar talabalarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Seminar-trening ma'ruzachilar hamda talabalar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.Seminar-treningda Namangan muhandislik-qurilish institutidan 80 nafardan ortiq, Namangan muhandislik-texnologiya institutidan


30 nafar talabalar ishtirok etdilar.Mazkur seminar-trening Namangan viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olindi.
Institutimiz iqtidorli talabalaridan Sh.Mirziyoyev hamda M.Xaydarovalar seminar-treningdan kelib chiqqan holda o‘z intervyularini berdilar.

...

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi