• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

1 200 nafar talaba-o‘quvchini xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS Granti” tanlovining III mavsumi o‘tkaziladi.

Unda 25 yoshgacha bo‘lgan, barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar (magistr, bakalavr) hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar 25-fevralga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil (matn ustiga bosing)

Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.

Ro‘yxatdan o‘tish: 
@IELTS_Registan_bot
@IELTS_Registan_bot 

  • Share :