• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

2023-2024 o‘quv yilida OTMning bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarga “Abiturient ruxsatnomasi”ni berish boshlandi

Abiturientlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abiturient ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abiturientlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abiturient ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abiturientlar test sinovlariga kiritilmaydi.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi

  • Share :