• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi

Seminarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev olib bordi. 

Unda Axborot resurs va texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlatlash markazlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sunnatulla Rahmonov hamda Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i Ikrom Abduqodirovning ip.adliya.uz tizimi orqali intellektual mulk ob'ektlarida talabnomalarni shakllantirish tartibi, patent olish uchun talabnoma topshirish va “Talabnomalarni ekspertiza jarayonlaridan o‘tkazish» hamda «Ixtiro va foydali model», «Talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni», «Xorijda patentlash amaliyoti», «Patentlashga oid turli savollar», «Mualliflik huquqi ob'ektlarini deponentlash» mavzularidagi ma'ruza va taqdimotlari tinglandi.

Tadbir davomida ixtiro, foydali model va sanoat namunalariga patent berish shartlari, sanoat mulki ob'ekti ustuvorligi, talabnomalarni o‘zgartirish tartiblari haqida to‘xtalib o‘tildi.

  • Share :