• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Asardan parcha” tanlovi kitobsevarlarni ragʻbatlantirish uchun xizmat qiladi!

Tanlov nizomiga  ko‘ra 2023-yil aprel-may oylarida tanlovning birinchi soni ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Unda quyida keltirilgan asarlardan matnlar savol tariqasida berib boriladi.

- Abdulla Qodiriy – “O‘tkan kunlar”

- Abdulhamid Cho‘lpon – “Kecha va kunduz”

- Said Ahmad – “Ufq”

- O‘tkir Hoshimov – “Ikki eshik orasi”

- Ahmad Lutfiy Qozonchi – “Saodat asri qissalari” (1-kitob)

Ushbu asarlarni o‘qigan ishtirokchilarga bu ayni muddao! 

Zudlik bilan quyidagi havola orqali “Asardan parcha” tanlovining Telegramdagi maxsus guruhiga a’zo bo‘ling va tanlovda ishtirok etib, g‘olib bo‘ling. 

Gʻoliblar:

1-o‘rin - 1 000 000 so‘m;

2- o‘rin - 750 000 so‘m;

3-o‘rin - 500 000 so‘m miqdorida taqdirlanadi.

Savollar joriy yil 25 apreldan 20 may kunigacha soat 21:00 dan boshlab har kuni shu vaqtda maxsus guruhda  e’lon qilib boriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 94 175-08-17.

 Loyiha muallifi: Anvarjon Dehqonov 

  • Share :