• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“AUEZOV UNIVERSITY” M. O. Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor o‘qituvchisi tashrifi

Janubiy Qozog‘iston universiteti va Namangan qurilish institute o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda o‘zaro aloqalarini mustahkamlash maqsadida, akademik mobillik dasturi doirasida ma’ruzalar o‘qishga “AUEZOV UNIVERSITY” “Axborot tizimlari va modellashtirish”  kafedrasi dotsenti Xayrulla Baxtiyarovich Ismailov tashrif buyurdi. 2024-yil 1-2-may kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutining “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi talabalariga dars mashg’ulotlari o‘tdi. Mashg‘ulotlarda kafedraning professor o‘qituvchilari ham ishtirok etib hamkasblari bilan tajriba almashishdi. Darslar talabalarda ijobiy taassurot qoldirdi. Talabalar dotsentga qo‘shni mamlakat ta’limi, oliygohlari, talabalari va sohaga doir savollar berib munosib javoblar olishdi. Tashrif buyurgan mexmon bilan kelgusida o‘zaro hamkorlikdagi ishlarni yo’lga qo‘yishni kelishib olindi.

  • Share :