YO'L MUHANDISLIGI KAFEDRASI
Maxkamov Dilshod Ismatillaevich
Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 99 362-78-01
E-mail: dm1684@mail.ru
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Kafedra haqida
Kafedra 2017 yil 24 avgustda tasdiqlangan Namangan muhandislik-qurilish instituti faku’ltetlar va kafedralar tashkiliy tuzilmasiga va institut ilmiy kengashining 2017 yil 28 sentyabrdagi 3-sonli Ilmiy kengash qaroriga muvofiq “Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi tarkibidan ajratilib, yangi “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi institut rektorining 2017 yil 3 oktyabrdagi 265-u sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
2017-2018 o’quv yilida kafedraning umumiy shtat birligi 7,5 shtat bo’lib, asosiy shtatda 8 nafar, o’rindoshlik asosida 2 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib borgan.
2018-2019 o’quv yilida kafedraning umumiy shtat birligi 9,75 shtat bo’lib, asosiy shtatda 8 nafar, o’rindoshlik asosida 4 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib borgan.
2020-2021 o’quv yilida kafedraning umumiy shtat birligi 15,5 shtat bo’lib, asosiy shtatda 10 nafar, o’rindoshlik asosida 6 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib borgan.
2021-2022 o’quv yilida kafedraning umumiy shtat birligi 18 shtat bo’lib, asosiy shtatda 15 nafar, o’rindoshlik asosida 2 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda.
Kafedraga 2017-2020 yillarda t.f.n. Q.Inoyatov, 2020 yil mart oyidan t.f.f.d. D.Maxkamov rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedraning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta’lim mutaxassisi talablariga o’zi tanlagan yo’nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan, madaniyat, yo’l qurilishi sohalarini rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir. Buning natijasida iqtidorli gurux talabasi Muxtorov Muzaffar O’zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan Beruniy Davlat stipendiyasi 2020-2021 - o’quv yilgi tanlovi g’olibi bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida 2019-2020 o’quv yilida Muxtorov Muzaffar “Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanidan faxrli ikkinchi o’rinni”, 2020-2021 o’quv yilida “Avtomobil yo’llarini loyixalash” fanidan Muxiddinov Sardor faxrli birinchi o’rinni, Abduraximov Valisher faxrli uchinchi o’rinni egallab, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining I-II va III darajali diplomlari bilan mukofotlandilar. 2021 yil dekabr oyida kafedra dotsentlari Maxkamov Dilshod va Xabibullayev Alimardonlar Belorus Milliy Texnika Universitetida stajirovka o’tadilar.
Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasi:
60730800 –Yo’l muxandisligi,
5340800 - Avtomobil yo’llari va aerodromlar,
5340600 – Тransport inshootlari ekspluatatsiyasi,
5341400 – Avtomobil yo’llari, ko’priklar, tonnellar, yo’l o’tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish (аvtomobil yo’llari va aerodromlar bo’yicha)
ta’lim yo’nalishlari bo’yicha kunduzgi va sirtqi yo’nalishlarda bakalavrlar tayyorlaydi.
70730804 – Аvtomobil yo’llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi va
70730806-Shahar ko’chalari va yo’llari bo’yicha magistrlar tayyorlaydi.
Kafedraning o’quv ishlari
Avtomobil yo’llari va aerodromlar kafedrasida o’qitiladigan fanlar:
- Avtomobil yo’llarini loyihalash
- Avtomobil yo’llarini jixozlash
- Avtomobil yo’llari diagnostikasi
- Avtomobil yo’llarini qurish
- Avtomobil yo’llari arxitekturasi
- Avtomobil yo’llarining landshaft arxitekturasi
- Avtomobil yo’llarini avtomatlashtirilgan loyihalash
- Avtomobil yo’llarini qurish texnologiyalari va uni tashkil etish
- Avtomobil yo’llarini smeta-loyiha xujjatlari
- Avtomobil yo’llarini sifatini nazorat qilish
- Avtomobil yo’llarini ekspluatatsiya qilish
- Avtomobil yo’llarini obodonlashtirish va jihozlash
- Avtomobil yo’llari bo’yicha davlat siyosati
- Avtomobil yo’llarini ta’mirlash va saqlash texnologiyalari
- Avtomobil yo’llarida harakatni tashkil etish asoslari
- Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish
- Avtomobil yo’llarini rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari
- Ilmiy tadqiqot asoslari
- Avtomobil yo’llarida geoaxborot tizimlari
- Injenerlik geodeziyasi
- Yo’l inshootlari arxitekturasi
- Yo’l aktivlarini boshqarish
- Yo’l qurilish mashinalari va jihozlari
- Yo’l qurilish materiallari
- Yo’l xo’jaligining ishlab chiqarish korxonalari va bazalari
- Yo’l qoplamalarini ishlab chiqarish texnologiyalari
- Yo’l qurilish ishlarini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish
- Yo’l inshootlarini uch o’lchamli (3D) modellashtirish
- Ko’priklarni loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish
- Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati
- Muhandislik geodeziyasi
- Muhandislik gidrologiyasi va gidrometriyasi
- Transport tonnellarini loyihalash, qurish, ekspluatatsiya qilish
- Shahar yo’llari va ko’chalari
- Shahar yo’llari muhandisligi
Kafedra ilmiy ishlari
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 15 ta monogrfiya, 4 ta o’quv qo’llanma, 20 ta ixtirolarga mualliflik guvoxnomalari olingan, bir necha yuz respublikamiz va chet el jurnallarida maqolalar chop etilgan. 2017 yildan boshlab “Fan va texnologiyalar” markazi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan 1 ta Davlat granti (I-OT-2017-5-7, 50 mln.so’m) bajarilgan. Kafedra professor-o’qituvchilarini olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha 2017-2021 yillarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha “Innovatsion” ko’rgazmalarda 10 ta ishlanma bilan ishtirok etishdi.
Shuningdek hozirgi kunda kafedra professor-o’qituvchilari “Asfal’tobeton qoplamalarini ishlash muddatini uzaytirish” va “Maxalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida mexanik faollashtirilgan mineral kukun olish va uning texnologiyasini yaratish” mavzulari bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Kafedraning o’zaro hamkorlik faoliyati. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha ustivor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy mag’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali mutaxassis kadrlar tayyorlash bo’yicha kafedra quyidagi korxonalar bilan hamkorlik faoliyatini amalga oshirmoqdalar.
• Belorus Milliy Texnika Universiteti
•Toshkent Davlat Transport Universiteti
• Toshkent Davlat texnika Universiteti “Fan va taraqqiyot” DUK
• Namangan viloyati avtomobil yo’llari xududiy bosh boshqarmasi
• Andijon viloyati avtomobil yo’llari xududiy bosh boshqarmasi
• Farg’ona viloyati avtomobil yo’llari xududiy bosh boshqarmasi
• Avtomobil yo’llari ilmiy-tadqiqot instituti
• “Namangan yo’l xo’jaligi xodimlari malakasini oshirish o’quv markazi” unitar korxonasi
• “Namanganyo’lloyiha” MCHJ
• “Texnostandart Test” MCHJ
• “Namangan Xalqaro Aeroporti” MCHJ
•Yangiqo’rg’on TYFUK
• Chortoq TYFUK”
• To’raqo’rg’on TYFUK
• Kosonsoy TYFUK
• Mingbuloq TYFUK
• Pop TYFUK
• Norin TYFUK
• Namangan TYFUK
• Uchqo’rg’on TYFUK
• Chust TYFUK
• Qamchiqavtoyo’l YFUK
• Farg’ona viloyati Buvayda TYFUK
• Andijon viloyati Baliqchi TYFUK
• Farg’ona viloyati Rishton TYFUK
Kafedra tarkibi:
Saydazimov Nosirjon Tursunovich
E-mail: Snosirjon1964@gmail.com
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi dotsenti. Kafedrada 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. 1ta darslik, 2ta o’quv qo’llanma , 1ta monografiya, 30 dan ortiq o’quv uslubiy ko’rsatmalar va ikkita dasturiy guvohnoma hamda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Mamadjanov Ma’ruf Maxmudjanovich
E-mail: marifxon@inbox.uz
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi kata o’qituvchisi. Namangan sanoat-texnologiya institutini muhandis-quruvchi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. Kafedrada 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Bir nechta dasturiy guvohnoma hamda 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.
Ergashev Muxammadyusuf Muxammadolim o’g’li
E-mail: mukhammadyusufergashev@gmail.com
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi kata o`qituvchisi: Ushbu kafedrada 2019 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirgi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) Geodeziya, kartografiya va kadastr mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy – uslubiy ishlar, ko’rsatmalar hamda EHM uchun dasturlar muallifi.
Mahmudov Sanjarbek Toxirjon o’g’li
E-mail: msanjarbek1003@gmail.com
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi stajyor-o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Nurxonov Davronbek Xursand o’g’li
E-mail: nurkhonovdavronbek@gmail.com
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi stajyor-o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Mutalibov Ibroxim Qosimjon o‘g‘li
E-mail: ibroxim2396@gmail.com
“Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko‘rsatmalar muallifi.
Qo’ysinaliyev Nuriddin Zafarali o’g’li
E-mail: nqoysinaliyev776@gmail.com
“Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko‘rsatmalar muallifi. Hamda bitta managrafiya chop ettirgan.
Abdurazaqov Mirzoxid Abduraxmonxujayevich
E-mail: abdurazoqovmirzohid2@gmail.com
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2018 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Yer usti transport vositalari va tizimlari (yo‘l qurilish mashinalari)” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Xolmirzayev Mirzohid Fazliddin o’g’li
E-mail: kholmirzaev_96@mail.ru
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi stajyor-o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2021 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Mamadaliev Islom Raximjonovich
E-mail: islom_beek@mail.ru
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi katta o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik-qurilish institutining “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (YQM)” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
O’ktamov Sardor Maxmudjonovich
E-mail: sardor.oktamov1991@gmail.com
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi o`qituvchisi. Ushbu kafedrada 2019 yildan faoliyat olib bormoqda. Toshkent avtomobil-yo’llar institutining “Yer usti transport vositalari va tizimlari (yo‘l qurilish mashinalari)” yo’nalishi bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy-uslubiy ishlanma va ko’rsatmalar muallifi.
Habibullayev Alimardon Hidoyatillayevich
E-mail: khabibullayev84@mail.ru
2005 yil Namangan muhandislik-pedagogika instituti (kunduzgi), 2007 y. Namangan muhandislik-pedagogika instituti (magistratura) kasb ta’limi (transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) mutahasisligini tamomlab. Texnika fanlari nomzodi.
E-mail: ilm1978@umail.uz
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi dotsenti: Ushbu kafedrada 2017 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muxandislik- pedagogika instituti (hozirgi “Namangan muhandislik-qurilish instituti ”) Yo’l xarakati xavfsizligi va uni tashkili bo’yicha tamomlagan. Bir qator ilmiy – uslubiy ishlar, ko’rsatmalar va ilmiy ishlanmalar muallifi hozirda, ushbu institut “O’quv uslubiy boshqarma” boshligi lavozimida ishlab kelmoqda.
Maxkamov Dilshod Ismatillaevich
E-mail: dm1684@mail.ru
“Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi dotsenti: Ushbu kafedrada 2018 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muxandislik- pedagogika instituti (hozirgi “Namangan muhandislik-qurilish instituti ”) Transport vositalarini ishlatish va tamirlash ta’lim yo’nalishini tamomlagan. Bir qator ilmiy – uslubiy ishlar, ko’rsatmalar va ilmiy ishlanmalar muallifi hozirda, “Avtomobil yo’llari va aerodromlar” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.