• Davlat ramzlari
  • Sayt xaritasi

Namangan Muhandislik Qurilish Instituti


AXBОRОT-RESURS MARKAZI


JXayitbayev Foziljon Mamatkomilovich

 har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

 Telefon: (93) 709-14-79      

 E-mail:  xayitovfoziljon7878@gmail.com

 Ma'lumotnoma: Yuklab olish



     Axborot kutubxona resurslarini butlash kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi 

• Axborot va kutubxona hujjatlariga sifatli ishlov berish va bibliografik tasvirlash, kataloglar sistemasini zamonaviy, ilmiy va amaliy talablarga mos tuzish. YAngi sotib olingan nashrlarni qabul qilish, jamlash va klassifikatsiyalash ishlarni amalga oshiradi. YAngi sotib olingan kitoblarni ilmiy qayta ishlash, kataloglar va xisobdan chiqarilgan kitoblarga dalolatnomalarni tuzish, yo‘qolgan adabiyotlarni o‘rniga kelgan adabiyotlarga texnik ishlov berib, hisobga oladi. Kitobxonlar uchun katalog bilan ishlashini taьminlaydi va nazorat qiladi. Vaqtli matbuot nashrlariga obuna uyushtiradi. Har kunlik keladigan obunalarni o‘z vaqtida kelishini nazorat qiladi, kafedra va bo‘limlarga tarqatadi. Axborotlar-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi 

•Bo‘limda 6491nomda 108186 dona kitob fondimiz mavjud, shundan 14772 nomda 22138 dona darslik, 3157 nomda 59786 dona o‘quv qo‘llanmasi, 535 nomda 6476 dona badiy adabiyot, 440 nomda 5404 dona ilmiy adabiyot, shundan lotin alifbosi, jami 2130 nomda 41861 dona darsliklar 591 nomda 2917 dona, o‘quv qo‘lanmalar 592 nomda 36574 dona, badiy adabiyot 521 nomda 848 dona, ilmiy kitoblar 61 nomda 767 dona. 

•Bo‘limda yil davomida 57 nomda 359 dona kitob qabul qilingan. •Kitobxonni axborot resurslaridan foydalanishlari va intellektual, ma’naviy-ahloqiy, madaniy va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish: milliy-madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga ko‘maklashiladi. 

•Hozirgi kunda bo‘limimizda doimiy, mavsumiy ko‘rgazmalar kitob ko‘rgazmalari tashkil qilinib, muhim sanalarga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmalari, badiiy kechalar, va devoriy gazetalar chiqarilib kelinmoqda. Elektron axborot resurslari bo‘limi Bo‘limda 18 ta kompьyuterlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Elektron zaxiradagi 7940 ortiq elektron (elektron shaklga o‘tkazilgan adabiyotlar, darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa) resurslarni tashkil etadi. Foydalanuvchilar professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar va elektron resurs adabiyotlardan foydalanib kelishmoqda. Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 •Foydalanuvchilariga elektron resurs (darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa)laridan foydalanishni ta’minlash; 

•Foydalanuvchilariga ta’limga oid kerakli ma’lumotlarni topish, internet tarmog‘idan foydalanish va axborot izlashlariga yordam ko‘rsatish;. 

•ARM fondida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni elektron shaklini yaratish;

 •“ARMAT” dasturiga ARM da mavjud adabiyotlarni bibliografik yozuvlarni kiritish va elektron shaklga o‘tkazilgan adabiyotlarni bog‘lash;

 •Elektron axborot-resurs ma’lumotlar bazasini boyitib borish;

 •ARM da klient dasturi yordamida yangi kelgan adabiyotlarni elektron katologini shakllantirish; 

•Katta xajmli axborot bilash ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish; 

•Elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash; 

•Xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish.

 •Yig‘ma elektron katologni shakllantirishda ishtirok etish; Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi Bo‘limning asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va o‘qish zali xizmati ARM fondidagi: xorijiy bosma, elektron ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi. 

•Professor-o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatadi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas. Zalda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda chel elda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin. An’anaviy xizmat turlari: •foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish; •adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga etkazish;

 •ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish; Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo‘limi 

• Axborot-resurs markazi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi huquqiy, tashkiliy va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amaliyotiga tatbiq qilishda qatnashadi. Axborot-resurs markazi faoliyati sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va amalga oshiradi. Kutubxonaning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi. Axborot-resurs markazi faoliyatida innovatsiya jarayonlarini boshqaradi, innovatsiyani rivojlantirish uchun axborot-metodik bazani tashkil qiladi. Milliy madaniy meros, shaxsning axborot madaniyatini yuksaltirish, Axborot-resurs markazi xizmat ko‘rsatilishi, shakllanishi, hisobga olinishi, Axborot-resurs markazi fondlaridan foydalanish va saqlanishining shakl va usullarini ishlab chiqadi va tatbiq qiladi. Axborot-resurs markazi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va ishlarni tashkil qiladi. Ilmiy metodika bo‘limi 2017 yil martda tashkil qilingan. Hozirda Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo‘limi deb yuritiladi.

Foydali havolalar

image
image
image
image
image
Top reyting www.uz © 2017 - 2021. NamMQI - Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan ma`lumotlardan foydalanilganda veb-saytga havola qilish majburiy.