• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI KAFEDRASI

Kafedra haqida  

Kafedra 1982 yil 1- sentyabrda tashkil topgan. Kafedra faoliyati davomida tayyorlangan 6 mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, xalq xoʻjaligining turli sohalarida, shuningdek ta’lim muassasalarida faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 23 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 1 nafari fan doktori, professor, 2 nafar professor v.b., dotsentlar, 8 nafari fan nomzodi-dotsentlar, 8 nafari katta o‘qituvchilar, 7 nafari o‘qituvchilar, 3 nafar stajyor o‘qituvchilar hamda kabinet mudiri va laborantdan iborat. Shuningdek, kafedrada 5A340201 Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar) magistratura mutaxassisligi hamda 05.09.01 Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar tayanch doktorantura faoliyat olib bormoqda.    

    Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalaridan samarali foydalanishlari uchun kafedrada yetarli sharoitlar yaratilgan. Kafedra ixtiyorida oxirgi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan sinf xonasi mavjud bo‘lib, unda ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida olib borish uchun videoproektorlar bilan jihozlangan. Chet el olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ular yaratgan adabiyotlar hamda maqolalar bilan muntazam tanishib borishlari uchun sinf kompyuterlari internetga ulangan.    

   Iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha kafedra seminarlarida, institut va respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ma'ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.    

   Kafedra professor-o‘qituvchilarining 3 nafari ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha xorijiy OTMlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Xitoy Xalq Respublikasining Vuxan texnologiya universiteti hamda Chongching universiteti va Bolgariyaning Angel Kanchev nomidagi Ruse universitetida ilmiy stajirovka o‘tab qaytgan.    

   Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida kafedra tasarrufidagi barcha fanlar bo‘yicha ma'ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlar va kurs loyiha (ishi) larini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hamda o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Shuningdek, kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasi asosida xalqaro, respublika jurnallarida ilmiy maqolalar, monografiyalar chop ettirilgan hamda darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan.    

    Kafedra olimlari tomonidan 2009-2011 yillarda dots. S.J.Razzaqov rahbarligida 16-015 “Yakka tartibdagi turar-joy binolarini oldindan seysmik mustahkamligini aniqlash” mavzusi buyicha loyiha ishlari yakunlandi. Shuningdek, dots. S.J.Razzaqov rahbarligida 2015-2017 yillarda “Temirbeton konstruksiyali bino va inshootlar elementlarining mustahkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta'sirlarini tadqiq qilish” mavzusidagi Davlat granti loyihasi bajarilib uning natijalari ishlab chiqarishga joriy qilinib kelinmoqda. Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy mohiyati xalq xo‘jaligidagi bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini aniqlash, qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashda elektr energiya va material tejamkorligi, sanoat chiqindilaridan tayyor temirbeton buyumlari ishlab chiqish bilan yonilg‘i va material tejamkorligiga erishish kabi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan.   

 

To’xtabayev Axmedjon Adashevich 

 E-mail: tuxtabayevaxmadjon66@gmail.com

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish injenerlar institutini gidromelioratsiyalash fakultetini 1991 yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2002 yili "Колебания пластинчатых конструкций с учетом вязкоупругих свойств материала и гидродинамического давления воды" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta monografiya, 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.





 


Alimov Xorisboy Latifovich 

 E-mail: alimov1958@list.ru

1984 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 1992 yili «Qoziq poydevorli inshootlarning dinamik xarakteristikalarini aniqlash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.





 



Razzaqov Sobirjon Jo‘rayevich 

 E-mail: sobirjonrsj@gmail.com

1984 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1991 yil “Sterjenli tom yopma konstruksiyalarining kuchlanganlik–deformatsiyalanuvchanlik holatiga dinamik yuklarning ta'siri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2017 yili “Mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan xususiy turar-joy uylarining konstruksiyaviy va seysmik havfsizligini baholash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib DSc darajasini olgan. 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 4 ta mualliflik guvohnomasi va 120 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.





 


Hakimov Shukrullo Abdurahmonovich 

 E-mail: pgs.konf2018@gmail.com

1979 yili Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. 1989 yili “yengil betonlarni hususiyatlari va qotishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 90 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.






 


Rahimov Akmalxon Mamatxonovich 

 E-mail: raximov.akmalxon.1957@gmail.com

1979 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1990 yili “Quruq issiq iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalarni qotishini tezlashtirishda issiqlik ishlovini tejash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.






 


Xusainov Muxammadalixon Avliyaxonovich

 E-mail: pgsnauka@gmail.com

1985 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1996 yili “Uy-joy qurilishining istiqboldagi rivojlanishini maqbullashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya va 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.






 


Xodjiyev Nosir Raximjanovich 

 E-mail: nosir63@mail.ru

1984 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 1990 yili “Binolarda nochiziqli harakatga ega bo‘lgan seysmik himoya vositalarini hisoblash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta qo‘llanma va 60dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Saidmamatov A'lamxon Turdaliyevich 

 E-mail: saidmamatov.1961@gmail.com

1983 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1993 yili “Zilzilabardosh karkasli temirbeton konstruksiyalari ko‘rsatkichlarini optimallashtirish natijasiga uning qayishqoqlik-plastiklik, nochiziqlik va fazoviylik holatlarini ta'sirini baxolash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1ta monografiya 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.






 


Axmedov Paxritdin Sayfiddinovich 

 E-mail: pahritdin.1959@gmail.com

1981 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 2 ta o‘quv qo‘llanma va 80 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Xolboyev Zokirjon Xodiyevich 

 E-mail: zxx_7712407@mail.ru

1989 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 60 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.




 

 
 



 


Jo‘rayev Baxtiyor G‘ulomjonovich 

 E-mail: jurayevbaxtiyor74@gmail.com

1996 yili Namangan sanoat texnologiya institutini tugatgan. 60 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.





 

 


 


Kovtun Irina Yurevna

 E-mail: irinakovtun694@gmail.com

1989 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 50 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.



 

 




 


Mavlonov Ravshanbek Abdujabborovich 

 E-mail: ravshanbek.mavlonov@gmail.com

22008 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2010 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.44 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Maqsud o‘g‘li Baxtiyor 

 E-mail: maqsudoglibaxtiyor1983@gmail.com

2006 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2008 yili magistraturasini tamomlagan. 40 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Akramova Damira G’ulomjonovna

 E-mail: akramovad91@gmail.com

1991 y. Namangan sanoat texnalogiyalari instituti tamomlagan. 30 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Egamberdiyev Ismoil Xayitmirzaevich 

 E-mail: ismoil.egamberdiev.1989@gmail.com

2012 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2014 yili magistraturasini tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Mamadov Baxodir Alisherovich 

 E-mail: mamadov.boxodir85@gmail.com

2009 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2011 yili magistraturasini tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


CHo‘lponov Olimjon G‘ofurjonov 

 E-mail: chulponovolim@gmail.com

2006 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2008 yili magistraturasini tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Mo‘minov Kamoliddin Komiljonovich 

 E-mail: kamoliddin.komiljonovich.86@gmail.com

2008 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2010 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Nazarov Roxatjon Uktamovich

 E-mail: roxatbeknazarov@gmail.com

2007 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2009 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 24 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Malseva Aida Zenovievna

 E-mail: aidistas@mail.ru

2007 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2014 yili Fargona politexnika instituti magistraturasini tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Egamberdiev Akmaljon Olimjonovich

 E-mail: eakmaljon487@gmail.com

2013 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2018 yili magistraturasini tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Turg‘unpo‘latov Mirzoxid Maxamadali o‘g‘li

 E-mail: Mirzohid.turgunpulatov.94@gmail.com

2018 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2020 yili magistraturasini tamomlagan.10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






 


Eshonjonov Jaxongir Baxromjonovich 

 E-mail: jahongir3eshonjonov@gmail.com

 Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2009 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2011 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 30 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi 05.09.01-“Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo’yicha kafedra doktoranti






 


Martazayev Abdurasul SHukirillayevich 

 E-mail: abdurasul.mash@gmail.com

 Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2012 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2014 yili magistraturasini tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. 05.09.01-“Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo’yicha kafedra doktoranti





 

  • Share :