• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Bu yil magistraturaga qabul bir marta bo‘ladi — Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri

2023-2024 o‘quv yili magistraturasi uchun qabul 1 marta, yozda bo‘ladi. O‘tgan o‘quv yilida til sertifikatlari va yangi tizim joriy qilingani sabab magistratura uchun qabul 2 marta o‘tkazilgandi.

“Bu yil magistraturaga qabul an'anaviy tarzda bir marta bo‘ladi. Parametrlarni ham tez orada tasdiqlaymiz. Hammasi oldingi o‘sha tartibda serifikatlar bilan bo‘ladi. Biz faqat o‘tgan bir yil uchun 2 marta magistraturaga hujjat topshirishga qabul komissiyasidan ruxsat so‘rab olganmiz. O‘sha yili yangi tizim joriy qilingani va til sertifikatlari talab qilingani hisobiga shunday bo‘lgandi”, – degan suhbat  davomida vazir Abdurahmonov.

Ma'lumot uchun, 2022/23 o‘quv yilida magistratura uchun 2 marta — qishki va yozgi qabul o‘tkazilgandi.

  • Share :