CHET TILLAR KAFEDRASI
Kafedra haqida
“Chet tillar” kafedrasi 1983 yilda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tarkibidan ajrab chiqib, mustaqil faoliyatini boshlagan. Kafedraga turli yillarda quyidagilar rahbarlik qilishgan: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M. Inamova (1983–2000), katta o’qituvchi A. To’ychiyev (1983–2000), katta o’qituvchi S. Abdullayev (2002-2005), filologiya fanlari nomzodi, dotsent M. Sobirov (2005-2009), katta o’qituvchi S.Sattarov (2010-2015), filologiya fanlari nomzodi N.Dosbaeva (2015 -2020),2020 yildan boshlab kafedraga katta o’qituvchi Raimjanova Nigora Inamjanovna mudirlik qilib kelmoqda.
Ayni vaqtda kafedrada 16 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafari doktorant, 8 nafari katta o‘qituvchi, 4 nafari o‘qituvchilardir va 3 nafari stajyor o’qituvchilardir.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan barcha texnika yo’nalishlarida ingliz tilining sohada qo’llanishi o’qitilmoqda.
Kafedra hamkorligi
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog’iston Universiteti,Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh Texnologiya universiteti , Andijon Davlat universiteti, FerDU, birgalikda ilmiy-tadqiqot faoliyatlari yo’lga qo’yilgan.
Shuningdek, kafedra tomonidan Erasmus +, Xalqaro kredit almashinuvi (KA107) Chexiya va o'zbekistonlik professor-o'qituvchilar almashinuvi grant loyihasi amlga oshirilmoqda.
Bugungi kunda kafedrada kognitiv, kommunikativ, kompyuter va eksperimental tilshunoslik sohalaridagi tadqiqotchilar, shuningdek, tillarni kommunikativ tamoyil asosida o‘qitish jarayonini takomillashtirish sohasida faoliyat yurituvchi olimlar jamlangan.
Kafedraning ilmiy-uslubiy faoliyati:
Kafedrada “ OTM larida Kommunikativ kompotensiyaning o’rni ” ilmiy-metodik seminari faoliyat yuritadi.
Raimjanova Nigora Inamjanovna
Qabul kuni: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.
Telefon: 93-493-00-13
E-mail: nigoraraimjanova8@gmail.com
Ma'lumotnoma: Yuklab olish
Kafedra tarkibi: