• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023 yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun 345 o‘ringa mo‘ljallangan 2023 yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

- bakalavriat ta'lim dasturi uchun 22 o‘rin,

- magistratura ta'lim dasturi uchun 193 o‘rin,

- doktorantura ta'lim dasturi uchun 130 o‘ringa stipendiyalar ajratishini ma'lum qiladi.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10 oktyabridan 10 noyabriga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Batafsil

  • Share :