• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yili Andijon viloyati Marhamat tumanida dehqon oilasida tavallud topgan. Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutida (hozirgi Jahon tillari universiteti) tahsil olgan.

Respublika kitobsevarlar jamiyati, “Toshkent oqshomi” gazetasi, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, “Tafakkur” jurnali hamda “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida faoliyat olib borgan. 1998-yildan umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida ishlagan.

Uning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima ena allalari”, “Ishq kemasi”, “Koʻnglimda bir yor”, “Bevafo koʻp ekan”, “Erka kiyik”, “Saylanma”, “Biz baxtli boʻlamiz”, “Osmonimga olib ketaman”, “Ulugʻimsan, Vatanim” singari oʻndan ortiq sheʼriy toʻplami oʻzbek adabiyotining oltin merosiga aylangan.

Shoir 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

  • Share :